Qozoğiston birinçi prezidentining sobiq qudasi, sudlangan oligarx Qayrat Böronboyev neft koni, gaz taqsimlaş stansiyasi, quvur işlab çiqariş hamda neft-gaz uskunalarini ta’mirlaş zavodini davlat tasarrufiga ötkazdi. Bu haqda Moliyaviy monitoring agentligi ma’lum qildi.
«Moliyaviy monitoring agentligi Qayrat Böronboyevning tergov bilan ixtiyoriy hamkorligi doirasida uning aktivlarini davlat tasarrufiga qaytariş çoralarini körmoqda», deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga köra, qiymati 74,2 mln dollar bölgan «Qorajonbos severniy» neft koni, 29,3 mln dollar bölgan «Aziya Gaz Çundja» gaz taqsimlaş kompaniyasi, 18,8 mln dollar bölgan «Servisnyy Tsentr KazTurboRemont» zavodi davlat tasarrufiga ötkazilgan.
Moliyaviy monitoring agentligi, jumladan, xorijdan aktivlarni qidiriş va qaytariş böyiça işlar davom etayotganini ma’lum qildi.
Qayrat Böronboyev Qozoğistonning eng boy va nufuzli 50 nafar tadbirkori qatoridan joy olgan. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga (2020 yil avgust oyida vafot etdi) turmuşga çiqqan edi.
2022 yil mart oyida Böronboyev «Qazaq Gaz» milliy kompaniyasidan yirik miqdordagi mablağni öğirlaganlikda ayblanib, hibsga olindi.
2023 yil sentabr oyida Moliyaviy monitoring agentligi Böronboyev ixtiyoriy ravişda 90 milliard tengedan (195,4 million dollar) ortiq mol-mulkni davlatga qaytarib berganini ma’lum qildi.
Buni inobatga olgan sud sentabr oyi örtalarida Böronboyevni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.









