Navoiy viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan yana bir mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik huzuridagi «Özenergoinspeksiya» tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilişi tugallanmagan binoda nazorat tadbiri ötkazilganda fuqaro R.E.I.ga tegişli, umumiy iste’mol quvvati 840,4 kW·h’ni taşkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kW·h’ga teng ikkita transformatorga özboşimçalik bilan ulangani aniqlangan.

Holat böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilib, 24 milliard 415 million 300 ming söm qayta hisob-kitob qilingan.

Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.