Ostona tergov sudi Qozoğiston sobiq adliya vaziri, ikki kun avval uşlangan 46 yoşli Marat Beketayevni ikki oyga hibsga olişga ruxsat berdi. Sud matbuot xizmati gumonlanuvçiga nisbatan şunday ehtiyot çorasi qöllangani haqida 23 oktyabr, duşanba kuni ma’lum qildi.

Sobiq amaldor mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Tekşiruv şuni körsatdiki, Beketayev keraksiz xizmatlar körsatiş böyiça yillik şartnomalar tuziş orqali şu’ba kompaniya manfaatlarini himoya qilgan va bu bilan «davlatga katta zarar yetkazgan». Qozoğiston Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati ötgan şanba kuni sobiq vazir uşlangani haqida ma’lum qilgan, biroq qölga olingan şaxsning ismi oşkor etilmagan.

Sobiq amaldor yangi hukumatga kerak emas

Qozoq matbuotiga köra, Marat Beketayev mamlakatni tark etmaslik haqida yozma majburiyat olgan, biroq göyoki Qozoğistonni yaşirinça tark etişga uringan. Qayd etilişiça, 21 oktyabr kuni sobiq amaldor Istanbulga yöl olib, «uzoqroqqa - Londonga» uçib ketmoqçi bölgan, biroq bu ma’lumotning rasmiy tasdiği yöq.

Beketayev Qozoğiston Adliya vazirligini 2016 yildan 2022 yil boşigaça boşqargan va 2022 yil yanvarida Qozoğistonda röy bergan tartibsizliklar ortidan, rasmiy ma’lumotlarga köra, 238 kişi halok bölganidan keyin lavozimidan çetlaştirilgan yuqori lavozimli amaldorlardan biri bölgan. Beketayev vazirlikdan ketgaç, boş vazir maslahatçisi etib tayinlangan va ötgan yilning dekabr oyida uşbu lavozimdan ozod qilingan edi.

Beketayev işdan böşatilganidan söng Qozoğiston OAV uning amaldagi davlat rahbari Qosim-Jömart Töqayev tomonidan sobiq prezident Nursulton Nazarboyevga yaqin amaldor sifatida körilgani haqida yozgan. 2022 yil yanvar oyida Qozoğiston poytaxti va yirik şaharlarida norozilik tartibsizliklar hamda namoyişçilar, politsiya va armiya örtasidagi töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Şundan söng, sobiq prezident öz lavozimini yöqotdi. Nazarboyev, şuningdek, öziga tegişli köçmas mulk daxlsizligi, qarindoşlari esa şaxsiy daxlsizlik huquqidan mahrum böldi.