Qozoğistonda sobiq adliya vaziri mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. U Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati xodimlari tomonidan uşlangan. 

«U şu’ba kompaniya manfaatlarini himoya qilgan va keraksiz xizmatlar körsatiş böyiça oçiqdan-oçiq yillik şartnomalar tuzib, bu bilan davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan», deyiladi xabarda. 

Ma’lumotlarda qölga olingan şaxsning ismi keltirilmagan. Ammo mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, gap 2016-2022 yillarda Adliya vazirligida rahbarlik qilgan va «yanvar voqealari»dan keyin işdan böşatilgan Marat Beketayev haqida ketmoqda. 

Qayd qilinişiça, u 21 oktyabr kuni ertalab Ostona aeroportida «özganing maşinasi va kurtkasida» yetib kelganida qölga olingan. U Istanbul orqali Londonga uçişga harakat qilgan. Biroq mamlakatni tark etişga uriniş muvaffaqiyatsiz tugagani aytilmoqda. 

Avvalroq, sobiq vazirdan yaşaş joyini tark etmaslik haqida tilxat olingan edi. U Milliy xavfsizlik qömitasining sobiq raisi Karim Masimov «homiyligi» ostida aktivlarni mamlakatdan çiqariş bilan bilan şuğullangan Bolashak Consulting Group şirkati işiga avval guvoh, keyin esa gumonlanuvçi sifatida jalb qilingan. Masimov şu yilning aprel oyida davlatga xiyonat, hokimiyatni egallab olişga uriniş va boşqa jinoyatlar uçun 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.