Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining 2021 yil 29 mart kungi hukmi bilan Jamşid Bahodirov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “b” bandlari, 188-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib keliş) 2-qismi “b”, “v” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil ötaş uçun 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.
Tergov ma’lumotiga köra, “Avto oltmish oy” MÇJ ta’sisçisi va boşqa mansabdorlari fuqarolarga foizsiz, pulini 5 yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan avtotransport olib berişni va’da qilib, odamlardan transport vositasi turiga qarab 2 mln sömdan 10 mln sömgaça pul olgan, 16 mingdan ortiq mijozdan jami 57 milliard 412 million söm yiğilgan.
Jabrlanuvçilarga yetkazilgan umumiy zararning undirilgan qismi 34 milliard 148 million söm bölib, şundan naqd pul şaklidagisi 26 milliard söm, xatlangan mol-mulklar esa 8 milliard 148 million sömdan iborat. Qoplanmagan zarar 23 mlrd 264 mln sömni taşkil etgan.
Kun.uz saytiga kelib tuşgan ma’lumotga köra Jamşid Bahodirov ayni kunda ozodlikka çiqqan.

U fuqarolarga “arzon va qulay şartlarda avtomobil hamda kvartiralar olib beriş xizmat”larini taklif qilib, yuzlab odamlar bilan şartnoma tuzişda iştirok etgan. Bu işda uning roli va vazifalari qanday bölgani hozirça ma’lum emas (Kun.uz bu borada suriştiruvlar olib bormoqda). Tahririyat ixtiyoridagi materiallar yana yuzlab odamlar navbatdagi yirik firibgarlik qurboniga aylanganini körsatmoqda.
Yaqin vaqt içida tafsilotlari haqida batafsil ma’lumotni Kun.uz’da öqişingiz mumkin. Unda Jamşid Bahodirov oçiqqa çiqarilişining huquqiy asoslariga ham aniqlik kiritiladi.








