Haydovçi radar körsatkiçi bilan taniştirilmagan
Sud qarorida körinişiça, 2023 yil 27 avgust kuni soat 17:08larda fuqaro Raşid Jörayev davlat raqami 01 Y 039 OB bölgan Lacetti maşinasini Qarşi şahri, Mustaqillik köçasi böylab boşqarib borayotib, 60 km/s tezlik çegaralangan joyda 74 km/s tezlikda harakatlangan. Şu tariqa unga nisbatan YHXB inspektori Muxriddin Mamadiyev tomonidan belgilangan harakat tezligini soatiga 20 km/s.dan köp bölmagan kattalikda oşirgani uçun 330 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Haydovçining tezlikni oşirgani “MultaRadar CD” vositasi orqali aniqlangan.

Ammo YHXB inspektori haydovçini töxtatib, radar körsatkiçlari bilan taniştirmagan.
Sud Nizom talablarini e’tiborga olmadi
Yuqoridagi holatda haydovçining tezligi “Multiradar CD” vositasi orqali aniqlangan bölib, bu vosita mobil kompleks hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 31-bandiga asosan, köçma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi harakat tezligini oşirib qoidani buzgan haydovçini moslamaning körsatkiçlari bilan taniştirişi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni körsatişi lozim.
Şu nizomning 34-bandiga köra, köçma fotoradar va mobil komplekslarni qöllaş joyi va vaqti DYHXX saf bölimi (bölinmasi) boşliği tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.
Bu amalda köçma fotoradar va odatda “Nexia-3” avtomobillariga (boşqa rusumdagi avtomobillarga ham örnatilişi mumkin) örnatiladigan radar moslamasi qoidabuzarlik qayd qilganda undan foydalanayotgan YPX inspektori qoidabuzar haydovçini töxtatişi va unga moslamadagi harakat tezligi körsatkiçini körsatişi lozimligini anglatadi.
Raşid Jörayev jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudiga ariza bilan murojaat qilib, YHXB inspektorining jarima qöllaş haqidagi qarorini bekor qilişni söragan. Haydovçi öz arizasida yuqoridagi Nizom talablarini eslatgan. Ammo işni körib çiqqan sudya J.Qurbonov uşbu Nizom talablarini e’tiborga olmasdan, YHXB inspektori foydasiga qaror çiqargan.







