“Huquqiy eksperiment töğrisida”gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Qonun loyihasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
huquqiy eksperiment ötkaziş bilan boğliq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinadi;
huquqiy eksperiment ötkaziş şartlari va davomiylik muddati hamda eksperiment ötkaziş mumkin bölmagan sohalar belgilanadi;
huquqiy eksperimentni ötkaziş, uning natijalarni baholaş va rasmiylaştiriş tartibga solinadi;
huquqiy eksperiment tartib-taomillarini buzganlik uçun javobgarlik belgilanadi.
Şuningdek, huquqiy eksperiment lavozimga tayinlaş va ozod etişga, davlat organlari va taşkilotlarining vakolatlarini qisqartiriş yoki tugatişga, amnistiya va afv etişga, inson huquq va erkinliklarini çeklaydigan, bekor qiladigan yoki ularning ahvolini oğirlaştiradigan holatlarga nisbatan qöllanilmasligi belgilanmoqda.
Huquqiy eksperiment qonunçilik hujjati yoki uning normasi samaradorligini alohida olingan hudud va (yoki) şaxslar doirasida ma’lum vaqt oraliğida sinovdan ötkaziş bilan boğliq kompleks çora-tadbirlar majmui hisoblanadi.







