Avstraliya futbol assotsiatsiyasi 2034 yilgi futbol böyiça jahon çempionati mezbonligi uçun kuraşmaydigan böldi. Natijada, Saudiya Arabistoni mundialni qabul qilişga ariza topşirgan yagona nomzod sifatida qoldi.
Avstraliya jahon çempionati örniga 2026 yilda ayollar örtasidagi Osiyo Kubogi va 2029 yilda futbol böyiça klublar örtasidagi jahon çempionatiga mezbonlik qiliş rejalariga e’tibor qaratmoqçi. Avstraliyaliklarning bu qarori Saudiyaga raqobat qila olmasligidan kelib çiqqan bölişi mumkin.
Avvalroq, FIFA 2034 yilgi jahon çempionati Osiyo yoki Okeaniyada ötkazilişi mumkinligini aytgandi. Şuning uçun Avstraliya Saudiya Arabistoniga yagona raqobatçi sifatida körilgan edi.
Navbatdagi, 2026 yilgi jahon çempionati AQŞ, Meksika va Kanadada bölib ötadi. Marokaş, Portugaliya va Ispaniya 2030 yilgi jahon çempionatiga mezbonlik qiladi, ba’zi öyinlar Argentina, Paragvay va Urugvayda bölib ötadi.
2034 yilgi jahon çempionatini ötkazişga Avstraliya bilan birga Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur ham da’vogarlik qilişi, şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston qöşma ariza topşirişi, şu bilan birga Xitoy mustaqil ariza berişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo ular öz tasdiğini topmadi.
2034 yilgi jahon çempionati mezboni FIFA tomonidan rasman 2027 yilda e’lon qilinişi kerak.








