Keça Stokholm şahrida Özbekiston favqulodda va muxtor elçisi Nodir Ğaniyevning Şvetsiya qiroliga işonç yorliqlarini topşiriş tantanali marosimi bölib ötdi.
«Dunyo» xabariga köra, rasmiy tadbir doirasida elçining Şvetsiya qiroli bilan suhbati bölib ötdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Şvetsiya qiroli elçini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning faoliyati Özbekiston-Şvetsiya köp tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Nodir Ğaniyev 2022 yildan buyon Özbekistonning yangi elçixonasini muvaqqat işlar vakili sifatida boşqarib kelayotgan edi. 2023 yil oktyabr oyida esa u favqulodda va muxtor elçi etib tayinlandi. Diplomat 52 yoşda. U Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning şarqşunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda işlagan.
Şvetsiyaga jönab ketişidan oldin TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.
Özbekistoning Stokholmdagi diplomatik vakolatxonasi xorijiy davlatlardagi 36-elçixonasi böldi.








