21 noyabr kuni “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovining respublika bosqiçigaça çiqqan 3 ta maktabning 84 nafar öquvçi va pedagoglari Angliyaga 1 haftalik ta’lim sayohatiga yuborildi.

Ketiş oldidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaşgan maktabda tadbir bölib ötdi. Unda Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham qatnaşib, ketuvçilarni safar oldi qutladi.

“Xorijiy tilni örganiş har bir yoşlarimizning [hayotdagi] keyingi bosqiçida ham juda ahamiyatli. Ya’ni raqobatbardoş, xalqaro arenalarda Özbekiston bayroğini kötarişi uçun ilm-fanda, qaysi yönalişda bölmasin, til[ni örganiş] juda muhimdir. Öylaymanki, bir haftaga [Angliyaga] jamoa bölib ham sayohat, ham ta’lim yönalişida borişinglar har biringlar uçun juda katta motivatsiya va hurmatli yurtboşimiz tomonidan sizlarga bildirilgan katta işonçdir.

Men öylaymanki, bu tanlov yanayam kengroq [böladi, unda] barça öquvçilarimiz iştirok etişib, xorijiy tilni biliş böyiça özlarining bilimlari, ilmlarini yanayam oşirişadi”,– dedi vazir.

Ma’lumotlarga köra, tanlovning tuman, şahar bosqiçlarida respublika böyiça 7 mingga yaqin maktabdan 34 ming nafardan ziyod öquvçi iştirok etgan. 208 ta maktab birinçi bosqiçdan ötib, ikkinçisiga yöllanma olgan.

Qayd etilişiça, bellaşuvda berilgan topşiriqlar maktablarning 7-9 sinf öquvçilari uçun möljallangan bölib, savollarning qiyinlik darajasi osondan qiyinga tomon ta’lim tamoyillariga asoslangan. Maktab öqituvçi va öquvçilarini tanlov bosqiçlariga, test topşiriqlariga tayyorlaş uçun esa xorijlik ingliz pedagoglari ham jalb etilgan.

“3 oydan beri Özbekistondaman, şu vaqt davomida biz maktab öqituvçi va öquvçilarini kommunikativ metod orqali öqitişga urindik. Bu metod örganuvçilarni şunçaki kitob öqişdan farqli ravişda darslarda aktiv bölişga undaydi.

Bilamizki, istalgan sinfxonalarda til örganuvçilar turliça, ularning hammasini qamrab oliş uçun, xorij tilida gapirtirişga undaş uçun yuqorida qayd etgan uslublarimizni qölladik. Bu jarayonda birinçi navbatda eşitişni, keyin esa şunga mos ravişda gapirişni, söng öqiş va yozişni örgatamiz. Til grammatikasi esa hamma könikmalardan keyin, keçroq parallel ravişda örgatila boşlanadi”,