“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik supermarketlar tarmog‘i, muzlatilgan go‘sht importi bo‘yicha ochiq shartnoma tuzdi.
Dastlabki import oktyabr oyi yakunidan amalga oshirilishni boshladi. Ushbu mahsulotlar “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining barcha filiallarida mavjud.
“Kamil” – halol go‘sht hisoblanadi
Supermarketlar tarmog‘i doim assortimentini kengaytirish hamda arzon va qulay narxlarni mijozlari uchun taqdim etish yo‘llarini izlab topishga intiladi.
Shu maqsadda kompaniya O‘zbekiston hududiga go‘shtini import qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Bunda mahsulotlari barcha sifat talablariga mos ishlab chiqaruvchini topish muhim sanaladi. Tanlov “Halol” sertifikatiga ega “Kamil” brendi foydasiga amalga oshirildi.
Yangi yetkazib beruvchi kompaniya bilan hamkorlik “Korzinka” uchun assortimentini kengaytirish va go‘shtga bo‘lgan talabni sifatli va unumli narxda qondirish imkoniyatini yaratadi.
Hindiston – dunyodagi eng yirik go‘sht yetkazib beruvchilardan
Ichki bozordagi past talabga ko‘ra, 2000 yillardan buyon Hindiston tez muddatda go‘sht eksportini boshqa davlatlarga amalga oshiradi.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, Hindiston dunyodagi eng ko‘p qoramol soniga ega mamlakat hisoblanadi.
Ushbu omillar, shuningdek, mahsulotning yuqori sifati, Hindistonga dunyo bo‘yicha go‘sht yetkazib berish hajmining 20%ini egallash imkonini bergan.
Asosiy mijozlaridan deb nafaqat AQSh va Yevropa davlatlari, balki BAA, Misr va Malayziyani ham ta’kidlashimiz mumkin.
Muzlatilgan go‘shtning afzalliklari
Mol go‘shti O‘zbekistonga muzlatilgan tarzda yetkaziladi va “Korzinka”ning muzlatkichlarida saqlanadi.
“













