Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi ÖRVIga qarşi kuraşda iste’mol qiliş foydali bölgan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, mavsumiy ötkir respirator kasalliklarga qarşi kuraşişning eng samarali yöli organizm immunitetini kötarişdir. Quyidagi bir qator mahsulotlar inson immun tizimi uçun foydali:

  • Limon. Uni maydalab, bir oz şakar qöşib kun davomida uç martagaça bir çoy qoşiqçadan iste’mol qiliş immunitetni mustahkamlaşda samara beradi.
  • Na’matak. Na’matak şarbati, mevalaridan çoy damlab içiş juda foydali. Keçqurun termosga ön dona na’matak mevasi soling va ustidan qaynoq suv quying. Ertasiga kun böyi mazkur damlamadan içib yuring. Bu içimlik immunitetni kötaradi.
  • Tuzlangan karam. Tuzlangan karamga bir oz zaytun moyi va mayda töğralgan boşpiyoz qöşib iste’mol qiliş koni foyda.
  • Piyoz. Piyoz tabiiy antibiotik hisoblanadi.
  • Sarimsoq. Şamollaş va virusdan asraydi, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan kasallangan bemorlar uçun juda foydalidir. U qon bosimini va xolesterin darajasini pasaytiradi.
  • Tvorog. Uy şaroitida tayyorlangan tvorog ayniqsa öta foydali.
  • Tuxum. Qaynatilgan tuxum tarkibida A, B2, B5, B6, B9, B12, D, K kabi vitaminlar, şuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganes temir kabi foydali vitaminlar böladi.

    Vazirlik xabarida aytilişiça, uşbu mahsulotlarni sevib iste’mol qiluvçilarning kasallikka çidamliligi yuqori böladi, kasallikka çalinganda ham uni yengib ötişi immun tizimi uçun nisbatan oson çekadi.

    Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov 23 noyabr kuni ötkir virusli infeksiyalarga çalingan bemorlarni samarali davolaş böyiça yiğiliş ötkazgandi. Unda butun dunyoda bölgani kabi bu yil ham Özbekistonda yoş öğil-qizlar orasida ötkir respirator kasalliklarning davriy kötarilişi kuzatilayotgani, uşbu xastalikka çalinişning asosiy uluşi esa Toşkent şahri aholisi hissasiga töğri kelayotgani aytilgandi.