«Antistrumin» dori vositasi bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan Boş prokuratura tomonidan jinoyat-protsessual qonunçilik asosida dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Boş prokuratura bayonotiga köra, hozirgi kunda mazkur jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga yetmagan bölsa-da, jinoyat işi doirasida 3 nafar ayol qamoqqa olingani haqidagi ma’lumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan. Qayd qilinişiça, uşbu ma’lumotlar tergovning obektiv va xolisona olib borilişiga xalaqit bermoqda.
Boş prokuratura Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib çiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda şaxsga doir ma’lumotlarni tarqatiş va tergovga aralaşiş qonun bilan taqiqlanişini eslatib ötdi.
«Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, tergov tugaguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda uşbu jinoyat işiga oid ma’lumotlarni tarqatmaslikka çaqiramiz», deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanişiça, tergov natijasi haqida qöşimça ravişda ma’lumot beriladi.









