Namanganda bolalarning zaharlanişi holatiga nima sabab bölgani hamon oçiq qolmoqda. Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov şu yil 26 sentabr kuni OAV xodimlari uçun “yopiq tarzda”(ma’lumotlari oşkor qilinmaslik şart bilan) ötkazilgan yiğilişda zaharlangan bolalarning barçasi soğayib, uyiga qaytganini, holat töliq örganib çiqilganini hamda “ertasi kuni şu masalada katta matbuot anjumani ötkazilib, barça savollarga javob berilişini” ma’lum qilgandi. Ammo vazir va’da qilgan tadbir bölmadi, savollar hali ham javobsiz qolmoqda.

Tekşiriş natijalari nima böldi?

20 sentabrdan Özbekistonda “Yorqin millat” dasturi böyiça bolalarni yod bilan ta’minlaş işlari boşlangandi. Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etilişi közda tutilgandi.

21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar berildi. Dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Söngra jami 71 nafar bolaning soğliğidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Keyinçalik Namanganda 450 nafar bola kasallangani ma’lum böldi. Buning ortidan maktab va boğçalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli töxtatildi hamda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Antistrumin karrasiga qimmat xarid qilinganmidi?

Kun.uz kiritgan hujjatdan körinişiça, Soğliqni saqlaş vazirining 2023 yil 5 apreldagi buyruği asosida 2023 yil respublika budjeti hisobidan 15 mlrd 275 mln sömga yod preparati xarid qiliş rejalaştirilgan.