«Antistrumin» dori vositasini işlab çiqargan «Samo» MÇJ litsenziyasi vaqtinçalik töxtatildi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.  

Soğliqni saqlaş vazirligi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan «Samo» MÇJda farmatsevtik faoliyat böyiça tekşiruv işlari olib borilayotgandi. 

«Örganişlar natijasiga köra, korxona tomonidan qöpol qonunbuziliş holatiga yöl qöyilganligi aniqlanib, 2023 yil dekabr oyida «Samo» MÇJ litsenziyasini bekor qiliş töğrisida markaz tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.

Namanganda yuz bergan zaharlaniş holati yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça suriştiruv-tergov harakatlari olib borilayotgani sababli mazkur iqtisodiy iş bilan boğliq sud, javobgarning iltimosnomasiga köra 2024 yil 19 yanvarda töxtatildi.

Aholining hayoti hamda soğligi uçun tahdid yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy iş böyiça yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar «Samo» MÇJ litsenziyasini töxtatib turiş töğrisida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegişli ajrimiga muvofiq qanoatlantirdi», deyiladi markaz xabarida.

Qöşimça qilinişiça, «Samo» MÇJga tegişli, dori vositalarini işlab çiqariş uçun 2020 yil 30 martda berilgan 15571-sonli litsenziyaning amal qilişi vaqtinçalik töxtatilgan.  

Antistrumin voqeasi

2023 yil 20 sentabrdan Özbekistonda «Yorqin millat» dasturi böyiça bolalarni yod bilan ta’minlaş işlari boşlangandi. Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etilişi közda tutilgandi.

2023 yil 21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar berildi