Respublikaning bir neçta hududida yod preparatlaridan bolalarning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi tergovi doirasida uç nafar gumonlanuvçiga nisbatan ehtiyot çorasi özgartirilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.

Jinoyat işi doirasida, 2023 yil noyabr oyida jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudining ajrimi bilan Yo.X.Töraqulov nomidagi respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolaş işlari böyiça örinbosari F.H., uşbu markaz laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim, Soğliqni saqlaş vazirligi bolalar boş endokrinologi N.A. va SSV Dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga soliş va muruvvat yordamini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği H.Ğ.ga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Ular Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraşiş qoidalarini buziş) 1-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlangan.

Buning ortidan Özbekiston Vraçlar assotsiatsiyasi davlat rahbariga murojaat yöllab, şifokor olima ayollarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi notöğri qöllanilganini ta’kidlagandi.

Manbaga köra, hozirda prokuratura ehtiyot çorasini özgartirgan, gumonlanuvçilar garov evaziga ozod etilgan.

Jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.

“Antistrumin” işi haqida

2023 yil 20 sentabrdan Özbekistonda “Yorqin millat” dasturi böyiça bolalarni yod bilan ta’minlaş işlari boşlangandi. Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etilişi közda tutilgandi.

21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar