2023 yil 29 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudida Baxtiyor Qudratullayev bilan boğliq iş körib çiqilgan. Unga mayda bezorilik va içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi uçun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Sud qarorida keltirilişiça, Baxtiyor Qudratullayev 2023 yil 28 noyabr kuni soat 21:45 da Toşkent şahri, Yakkasaroy tumani, Kohinur köçasidagi 37-uyning yölagida IIO xodimlariga nisbatan baqir-çaqir qilib, fuqarolarning tinçligini buzgan.

Şuningdek, IIO xodimlarining IIB binosiga borib şaxsiga aniqlik kiritiş haqida qonuniy talablarini bajarmagan.

Uşbu harakatlari uçun sud Baxtiyor Qudratullayevni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topgan hamda unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.  

Eslatib ötamiz, 52 yoşli Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.