Google kompaniyasi Gemini neyron tarmoğini işga tuşirdi. Kompaniya uni sun’iy intellektning eng kuçli va samarali modeli deb atamoqda. 

Gemini uçta komponentni öz içiga oladi: Ultra (eng katta va eng funksional), Pro (keng kölamli vazifalar uçun) va Nano (aniq vazifalar va mobil qurilmalar uçun). Ularning barçasi rasmlar, audio va videolarni qöllab-quvvatlaydi. 

Ultra eng kuçli tarmoq bölib, 57 ta fan (matematika, fizika, tarix, huquq, tibbiyot, etika va boşqalar) böyiça ma’lumotlarni öz içiga oladi va mustaqil ravişda faktlarni tekşiriş va muammolarni hal qiliş imkoniyatiga ega. 

«Gemini - bu turli Google jamoalari örtasidagi hamkorlik mahsulidir. Bu model noldan yaratilgan. U matn, kod, audio, tasvir va videoni öz içiga olgan har xil turdagi ma’lumotlarni umumlaştirişi va oson tuşunişi, qayta işlaşi va birlaştirişi mumkin», dedi Sundar Piçai, Alphabet (Google) kompaniyasi boş direktori. 

Gemini API va boşqa vositalar bilan oson integratsiyalaşa oladi. Şu sababli, 13 dekabrdan boşlab işlab çiquvçilar va korporativ mijozlar Pro modelidan foydalanişi mumkin böladi. 7 dekabrdan boşlab Google Bard rejalaştiriş, murakkab mavzularni tuşuniş va hokazolarda yordam beriş uçun undan foydalana boşlaydi.

Keyinçalik Nano model işga tuşiriladi. Uning yordamida işlab çiquvçilar Android uçun ilovalar yaratişi mumkin böladi. 

2024 yilda Ultra modeli asosida Bard Advanced işga tuşiriladi. Bu çatbot joriy qilinganidan beri eng katta yangilaniş böladi.