Markaziy banklar tomonidan Quantitative tightening (Miqdoriy qisqariş) siyosati faol olib borilişi natijasida pandemiya tufayli iqtisodiyotda yöqolgan muvozanat qayta tiklana boşladi. Sönggi haftada e’lon qilingan AQŞning muhim makroiqtisodiy ma’lumotlarida, noyabr oyida işsizlik darajasi – 3,7 foizni taşkil etgani, şuningdek, 199 mingta yangi iş örinlari yaratilgani keltirib ötilgan. Bozor iştirokçilari AQŞdagi foiz stavkalari eng yuqori çöqqisiga yetgan va FZT uni boşqa kötarmasligiga işonişmoqda, ammo kuçli mehnat bozori FZTga foiz stavkasini yana bir bor 0,25 foizga kötarişga imkoniyat berişi mumkin.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 4 dekabrdan 8 dekabrgaça bölgan davrda xalqaro bozorlarda sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.   

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500: +0,21 foiz (yil boşidan +19,51 foiz);
  • NASDAQ: +0,54 foiz (yil boşidan +45,7 foiz);
  • DJI: +0,01 foiz (yil boşidan +9,34 foiz).

Hafta davomida AQŞ fond bozorining uç indeksida ham flet zonada savdo qilindi. Umuman olganda S&P500 10 punkt, NASDAQ 87 punkt, DJI 10 punktga ösdi.  

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin: -3,26 foiz (yil boşidan  +9,87 foiz);
  • Kumuş: -9,71 foiz (yil boşidan  -4,04 foiz);
  • Alyuminiy: -3,05 foiz (yil boşidan -10,75 foiz);
  • Mis: -2,13 foiz (yil boşidan -0,04 foiz).

Qimmatbaho metallar narxi pasaydi. Xususan, oltin haftaning birinçi kunida tarixiy maksimumni yangilab, spot narxi deyarli 2150 dollarga çiqqanidan söng, birdaniga tuşib ketdi. Hafta mobaynida oltin 68 dollarga, kumuş 2,5 dollarga, alyuminiy 67 dollarga va mis 0.08 dollarga arzonlaşdi.

Neft

  • WTI: -4,23 foiz (yil boşidan -11,58 foiz);
  • BRENT: -4,12 foiz (yil boşidan -11,63 foiz).

Neft narxi oktyabr oyining boşidan beri pastlab kelmoqda. Hisobot haftasida neftning WTI markasi 3,15 dollarga, BRENT esa 3,26 dollarga pasaydi.

Valutalar