Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mamlakatdan chiqishi taqiqlangan fuqarolar pasportini topshirishga majbur bo‘ladi
Rossiya fuqarolariga chet elga chiqish taqiqlangan taqdirda xorijga chiqish pasportlarini saqlashga topshirish majburiyatini yuklovchi tuzatishlar kuchga kirdi. Hukumat qarorida elchixonalar va konsulliklarga hujjatlarni topshirish tartibi ham belgilangan.
Rossiyada mamlakat fuqarolariga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan taqdirda pasportlarini topshirishga majburiyatini yuklovchi qonun kuchga kirdi. Rasmiylar tomonidan chet elga chiqishi taqiqlangan rossiyaliklar endi besh ish kuni ichida xorijga chiqish pasportlarini ularni bergan muassasalarga (Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi) yoki o‘z xodimlarining Rossiyadan chiqib ketishini cheklagan tashkilotlarga «saqlash uchun topshirishlari» kerak. Tegishli qaror 22 noyabr kuni Rossiya hukumati tomonidan qabul qilingan.
Qarorda pasportlarni xorijda topshirish tartibi belgilangan
«Rossiya Federatsiyasidan chiqish va Rossiya Federatsiyasiga kirish tartibi to‘g‘risida» gi qonunning 18-moddasi kuchga kirishi munosabati bilan qabul qilingan qaror xorijga chiqish pasportlarini Rossiyaning xorijiy vakolatxonalariga topshirish tartibini belgilaydi. Elchixonalar va konsulliklardan hujjatlar diplomatik pochta orqali ularni bergan organlar tomonidan saqlash uchun Rossiyaga yuboriladi.
Rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan ma’lumotda aytilishicha, ko‘rsatilgan muddatda saqlashga topshirilmagan pasportlar haqiqiy emas deb topiladi. Saqlash uchun taqdim etilgan pasportlarni berish cheklovlar olib tashlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Ayrim toifadagi fuqarolarga, jumladan, majburiy harbiy yoki muqobil fuqarolik xizmatiga chaqirilganlarga chet elga chiqish pasportlarini topshirishni talab qiluvchi tuzatishlar iyun oyida qabul qilingan edi. O‘zgartirishlar Rossiya Davlat dumasiga 2021 yil avgust oyida kiritilgan. Qonun loyihasining birinchi o‘qishi ikki oydan keyin bo‘lib o‘tdi. Biroq deputatlar hujjatni ikkinchi va uchinchi o‘qishda faqat 2023 yilning may oyida qabul qilgan. 7 iyun kuni tuzatishlar Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullangan, 13 iyun kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan. Endi - rasmiy e’lon qilinganidan 180 kun o‘tib - tuzatishlar kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025