Afğonistonda qazilayotgan Qöştepa kanali qirğoğidan suv sizib çiqişi hodisasi Amudaryo suv oqimi bilan boğliq emas. Bunga sizot suvlarining kötarilişi sabab bölgan. Bu haqda «Özbekkosmos» agentligi xabar berdi. 

Avvalroq, «Çegara bilmas daryolar» xalqaro ekologik koalitsiyasi ekspertlari Afğonistonda qazilayotgan Qöştepa kanali Amudaryo suvi bilan töla boşlaganidan keyin oqimning bosimiga bardoş bera olmagani va katta hajmdagi suv yaqin atrofdagi hududga tarqalgani haqida xabar bergan edi. 

Şundan söng, «Özbekkosmos» agentligi tomonidan Qöştepa kanalidan suv sizib çiqişiga oid xabarlar turli fazoviy ölçam aniqlikdagi multispektral kosmik suratlarning retrospektiv tahlili asosida örganib çiqilgan. 

Qayd qilinişiça, kanalni qaziş işlari olib borilayotgan hududlarda 2022 yil may oyidan boşlab yer osti sizot suvlarining kötarilişi aniqlangan. Quriliş davomida kanalning törtta qismida sun’iy tösiqlar qoldirilgan bölib, ular birinçi bosqiç işlari yakunida 2023 yil 10 oktyabrda töliq olib taşlangan va suv oqimi hosil bölgan. 

Kanalning öng qirğoğida suv sizib çiqiş joyi suratlari

«Özbekkosmos» agentligiga köra, 2023 yil 4 noyabr kuni Qöştepa kanalining 75,6 km qismida öng qirğoqning 30 metrga yaqin qismidan suv sizib çiqişi aniqlangan. 5 noyabr kuni suv tarqalgan hududning maydoni 19,5 kv.km, 25 noyabrda 23,8 kv.km, 13 dekabrda 30,3 kv.km.ni taşkil etib, suvni töxtatiş çoralari körilmagan.

Kanaldan sizib çiqqan suvning tarqaliş hududi va maydoni suratlari

Quriliş dinamikasining kosmik monitoringi kanalning Amudaryodan suv oliş qismida qaziş işlari yakunlanmagani, daryoga ulaniş joyida 20 metrga yaqin qazilmagan hududning mavjudligini körsatgan.  

Kanalning Amudaryodan suv oliş qismida qazilmagan hudud va daryodan suv oliş joyi suratlari