Ukrainada uruşning 664-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Kiyevda 2023 yil yakunlari böyiça matbuot anjumani ötkazdi. U Ukraina QK boş ştabi yana 400–500 ming kişini safarbar qilişni sörayotgani va «bugungi kunda Moskva bilan muzokaralar masalasi kun tartibida emasligi»ni ma’lum qildi.
- Sergey Şoygu RF mudofaa vazirligi yiğilişida Rossiya armiyasi dunyodagi eng jangovar armiya ekanini va ukrainlar qarşi hujumi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini aytdi.
- Armaniston safarbar qilingan va uruşdan qoçib, dezertirlik qilgan rossiyalikni birinçi marta deport qildi. Gap 2023 yil aprelida öz qismini taşlab ketgan va yarim yil mobaynida yaşirinib yurgan Dmitriy Setrakov haqida ketmoqda. Hozirda u Rostov-Donda, Janubiy harbiy okrug böyiça harbiy politsiyaning hududiy boşqarmasida bölib turibdi.
- Safarbar qilinganlarning qarindoşlari ularning oldingi çiziqdagi yaqinlariga Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan bosim ötkazilayotgani haqida aytişmoqda.
- «Vagner» XHK sobiq instruktori Igor Salikov Niderlandiyaga kelib, Xalqaro jinoyat sudiga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari töğrisidagi ma’lumotlarni topşirgan. U Ukrainaga qarşi uruşda 2014 yildan buyon iştirok etgan va özining ta’kidlaşiça, köplab jinoyatlarga guvoh bölgan.
- Yevropa mamlakatlari Ukrainaning Rossiya bilan uruşdagi ehtimoliy mağlubiyati oqibatlarini körib çiqişni boşladi.
Zelenskiyning yil yakunlari böyiça matbuot anjumani
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mahalliy va xalqaro jurnalistlar iştirokida (Hromadske hisoblariga köra, tadbirga OAVning 200 nafarga yaqin vakillari akkreditatsiya qilingan) matbuot anjumani ötkazildi.
Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi yana 400–500 ming kişini safarbar qilişni istayotgani, ammo özi hozirça bu borada qaror qabul qilmaganini aytgan. Prezidentning aniqlik kiritişiça, u va Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniy örtasida «işçi munosabatlar» mavjud. Prezidentning sözlariga köra, Yevroittifoq «yaqin vaqtlar içida» Kiyevga mablağ ajratadi, AQŞ esa Ukrainaga «xiyonat qilmaydi». Zelenskiy şuningdek, Rossiya hukumati frontda «biror maqsadiga erişa olmagani»ni qayd etgan va «bugungi kunda Moskva bilan muzokaralar masalasi kun tartibida emasligi»ni qöşimça qilgan.

Front böyidagi Kupyansk şahri hayoti

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk öqqa tutilişi oqibatlari
Ukrain qöşini 19 dekabr kuni okkupatsiya ostidagi Donetskning şimoliy qismini öqqa tutdi. Moskva tomonidan tayinlangan mahalliy rasmiylar tasdiqlaşiça, Ukraina qurolli kuçlari şaharga beş daqiqa içida 16 ta raketa uçirgan. «Izvestiya» ma’lumotiga köra, zarba töqqiz qavatli turar joy binosiga ham kelgan va bu yerda gaz quvuri yonib ketgan. Hujum oqibatida tinç aholi vakillari bölgan olti kişi jarohatlangan.

AFP / Scanpix / LETA

Valeriy Melnikov / EPA / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

AFP / Scanpix / LETA












