Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov davlat ramzlari töğrisidagi qonunga kiritilgan özgarişlarni tasdiqladi, unga köra mamlakat bayroği özgartirildi.
Yangi qonunga köra, Qirğiziston Respublikasi bayroğidagi quyoş nurlarining tölqinsimon şakli töğri çiziqli şaklga özgartirildi.

Qayd qilinişiça, davlat bayroği tasviri tuşirilgan barça turdagi rasmiy hujjatlar muddati tugagunga qadar amal qiladi. Avtomobil raqamlari, transport vositasini röyxatdan ötkaziş guvohnomalari va amal qiliş muddati körsatilmagan boşqa hujjatlar almaştiriş töğrisida alohida qaror qabul qilingunga qadar amalda böladi.
Qirğiziston davlat bayroğini özgartiriş taşabbusi prezident Sadir Japarov tomonidan körsatildi. Uning va özgariş tarafdorlarining fikriga köra, «bayroq markazidagi quyoş nurlari tölqinsimon bölgani sababli odamlarni çalğitmoqda, jumladan, kungaboqar guliga öxşab qolmoqda».
Ammo Qirğiziston davlat bayroğining yangi varianti ijtimoiy tarmoqlarda köplab bahs-munozarlarga sabab böldi. Özgarişga qarşi bölganlar birinçi navbatda quyoş nurlarining töğri çiziq şakliga keltirilişi oqibatida uning tikanakka öxşab qolganini qayd qilişdi.








