Toşkent viloyatida 13 yoşli qizning nomusiga tegişda ayblangan 31 yoşli IIB xodimi sud hukmi bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
2023 yil 25 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Böstonliq tuman sudida M. J.ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Böstonliq tuman sudining sudyasi J. Xojayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi.
Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika inspektori bölib işlagan 31 yoşli M.J. 2010 yilda tuğilgan Z. D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Bundan taşqari, sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasi (jinoiy javobgarlikka tortilmagan şaxs tomonidan jinoyat sodir etilganini körsatuvçi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) tartibida M. J.ga 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş uçun şart–şaroit yaratib bergan Ş. A., M. Z. va F. M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatiş masalasini hal qiliş uçun Böstonliq tumani prokuroriga xabar yuborilgan.
Ma’lumot uçun, 13 yoşli qizning Yaşnobod tumani IIB xodimi tomonidan zörlangani haqida birinçi bölib «Sukut saqlama» loyihasida xabar berilgandi.
Avvalroq, Qibray tumanida 13 yoşli qizni zörlagan Milliy gvardiya huzuridagi qöriqlaş xizmati xodimi ham 15 yilga qamalgandi.











