Qibrayda 13 yoshli qizni zo‘rlagan shaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
27 yoshli sudlanuvchi jinoyat sodir etganidan keyin Milliy gvardiya huzuridagi Qo‘riqlash xizmatiga ishga qabul qilingan bo‘lgan. Hodisa jamoatchilikka oshkor bo‘lmagunicha tergov organi “ishda jinoyat tarkibi yo‘q”, deb jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etib kelgan.

Foto: Getty Images
“Sukut saqlama” loyihasining xabar berishicha, 2019 yilda xorijda istiqomat qiluvchi oilaning 13 yoshli qizi O‘zbekistonga, buvisini ko‘rishga kelgan va shu yerda mahalladoshi 27 yoshli erkak tomonidan zo‘rlangan. Zo‘ravonning tahdidlari sabab voqeani hech kimga aytolmagan o‘smir xorijga qaytgach qattiq depressiyaga tushib, joniga qasd qilishga urinadi. Vaziyatdan xabar topgan ota-ona O‘zbekistonga kelib holat yuzasidan arz qilishadi. Bu paytda erkak Milliy gvardiya tizimiga ishga kirgan edi.
Ota-onaning murojaati natijasiz qoladi, ishda “jinoyat tarkibi yo‘q”ligi aytiladi. Shundan so‘ng “Sukut saqlama”ga murojaat qilinadi va ish qaytadan ochiladi.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov qilinadi va ish sudga oshiriladi.
2023 yil 18 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudida Sh.Sh. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Milliy gvardiyaga qarashli Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Sud hukmiga muvofiq Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi” deyiladi Oliy sud axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi

13:51 / 30.04.2025