Toşkent şahri havosining surunkali ifloslanişi fonida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Odiljon Tojiyev şaharni ekologik halokatdan qutqariş kerakligi haqida yozib çiqdi. Tojiyev ekologik halokatni mudhiş jarayon deb atab, uni ortga qaytariş uçun heç kim çetlab ötolmaydigan, buzolmaydigan çoralar körişga da’vat qilgan.
Spiker bu masalaga Ekopartiya köproq bong urişi kerakligini aytib, öz takliflarini ham ma’lum qilgan.
“Hozirda şahrimiz köçalarida şaxsiy avtotransportni kamaytiriş uçun ham turli ğoyalar berilyapti. Albatta, bu örinda jamoat transporti jozibadorligini oşiriş orqali bunga erişsa böladi deb öylayman.
Ammo jamoat transporti yölovçilar uçun tez, qulay bölişi uçun avtobus yölaklari samarali işlaşida ham gap köp. Masalan, nega şu paytgaça şaxsiy transportdagilar yöldagi “A” polosalarda bemalol yurişibdi, avtobuslarimiz esa “el qatori” tirbandlikda turibdi? Nega bu yölaklarni jismonan ajratib qöymaymiz yoki ularda yurgan avtomobillarga haligaça jazo yöq?
Vazirlik va idoralar bu borada nazoratni maksimal kuçaytirişlari, amal qilmaganlarni jazolaş mexanizmlarini işlab çiqişlari kerak. Parlament bu boradagi har qanday taşabbuslarni qonunlarga kiritişga tayyor deb hisoblayman”, – deb yozgan Tojiyev.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahri havosi oxirgi 2 yilda dunyoning havosi eng iflos şaharlari reytingidan tez-tez joy olyapti. 21 dekabrda ham poytaxt havosi yana yaşaş uçun xavfli darajaga çiqqandi.












