Taqdiri noaniq qolayotgan sobiq KGB xodimi – FXX polkovnigi nega AQŞga qoçib ketgandi?
|22:49 / 02.01.202430 7369 min
2010 yilda sobiq KGB zobiti, Rossiya federal xavfsizlik xizmati yuqori martabali xodimi soxta pasport bilan Belarus-Ukraina yönalişi orqali Germaniyaga boradi. Söng AQŞga qoçib ketadi. Keyinçalik, öşa paytda Rossiya prezidenti bölgan Dmitriy Medvedevning AQŞga safari oldidan amerikaliklar FXX zobitining qoçişini uyuştirgani ma’lum böladi.
Foto: alamy.comFoto: alamy.com
Ikkinçi jahon uruşidan söng dunyo siyosiy sahnasida şiddatli raqobat ketar ekan, SSSR va Ğarb «josuslik öyinlariga» zör beradi.
Ğarb davlatlari sovetlardan alamzada bölgan insonlar orasidan öziga josuslar yollaydi. SSSR esa «sovetlar mamlakatida barça baxtiyor» degan çöpçakka işonib yurgan insonlar bilan aloqa boğlaydi.
Agar «duşman» tomonga xizmat qilganlar soniga qaralsa, AQŞ maxfiy xizmatlari xodimlaridan köra, KGB xodimlari köproq bunday işga qöl urganini köriş mumkin.
Jumladan, XX asrning ikkinçi yarmidan boşlab köplab KGB xodimlari Ğarb davlatlariga qoçib ketgan va siyosiy boşpana söragan. Bu jarayon SSSR tarqab ketgandan keyin ham töxtamadi va Rossiya maxfiy xizmat xodimlari Ğarbga qoçişda davom etdi.
«Yovuz imperiya» qulagandan söng Ğarbga qoçganlardan biri sobiq KGB zobiti, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida yuqori lavozimda işlab turgan Aleksandr Poteyev edi.
FXXning yuqori lavozimli mansabdori sifatida qariyb çeklanmagan hokimiyatga ega bölgan va qölini qayerga uzatsa yetadigan Poteyevning qoçib ketişi öşa paytda juda köpçilikni ajablantirgandi.
Foto: alamy.com
Sobiq KGB zobiti
Aleksandr Poteyev 1952 yilda Belarusning Brest viloyatida, sovet ittifoqi qahramoni Nikolay Poteyev oilasida tuğiladi. U harbiy xizmatni ötab kelgaç Minsdagi KGB maktabida öqiydi.
Maktabni bitirgaç u Brest viloyati KGB boşqarmasida işlay boşlaydi. Bir neça yildan söng Poteyev avvaliga KGB Belarus boşqarmasiga, söng Moskvadagi markaziy boşqarmaga ötkaziladi.
1979 yilda Poteyev KGBning maxsus «Zenit» bölinmasi bilan Afğonistonga jönatiladi. Qobulda belgilangan maxsus operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oşiriladi va Afğonistonga sovet qöşinlari kiritiladi.
1981 yilda Poteyev KGBning Kobuldagi maxsus «Kaskad-2» guruhiga ötkaziladi. Öşa yili aprelda guruhdagi jangovar xizmatlari uçun Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlanadi.
Poteyev harbiy xizmatda
Afğonistondan qaytganidan söng Poteyev Moskvadagi KGB oliy maktabida öqiydi va uni KGB birinçi boş boşqarmasiga işga ötkazişadi.
Mavzuga oid
SSSR parçalanib ketganidan söng Poteyev Rossiya taşqi razvedka xizmatida işlaydi. Söng Rossiyaning AQŞdagi elçixonasiga işga yuboriladi.
1995 yilda Poteyev Rossiyaning BMT qoşidagi doimiy vakolatxonasida iş boşlaydi. 2000 yilda Moskvaga çaqirilib, Rossiya taşqi razvedka xizmatining «S» boşqarmasiga qaraşli 4-bölim boşliği böladi.
Bu boşqarma nolegal razvedka bilan şuğullanar, uning 4-bölimi esa asosan Amerika böyiça faoliyat yuritardi. Poteyev Amerikaga qoçib ketgança şu bölimni boşqaradi.
Qoçiş
2010 yil iyun oyida Poteyev Dudoçkin degan şaxs nomiga olingan pasport bilan avval Belarusga boradi. Söng Ukrainaga ötadi va u yerdan Germaniyaga boradi.
Keyinçalik, Poteyev qölga tuşib qolişdan qörqib Amerikaning Moskvadagi elçixonasiga emas, Ukrainadagi konsulligiga murojaat qilgani ma’lum böladi. Dudoçkin nomiga olingan pasportni ham Amerikaning Ukrainadagi konsulligi tayyorlab bergani oydinlaşadi.
Germaniyada Poteyev MRBning Frankfurt şahridagi ştab-kvartirasiga boradi va özida bölgan fayllarni va «mutlaqo maxfiy» tamğasi tuşirilgan hujjatlarni amerikaliklarga beradi. Keyin uni AQŞga uçirib yuborişadi.
2010 yil iyunda öşa paytda Rossiya prezidenti bölib turgan Dmitriy Medvedevning AQŞga rasmiy taşrif buyurişi rejalaştirilgandi.
Taşqi razvedka xizmatida muhim figura sanalgan şaxsning taşrifga bir neça kun qolganda okean ortiga qoçişi Rossiya uçun juda oğriqli zarba edi.
Poteyev qoçib ketgança uning MRB bilan aloqalari haqida heç kim heç narsa bilmagan.
Qoçib ketganidan söng Poteyevning MRB bilan aloqalari haqida turli gap-sözlar çiqadi. Ularga köra Aleksandr avvaldan Amerika maxsus xizmati xodimlariga ma’lumot berib kelgan.
Şuningdek, amerikaliklar Poteyevning qoçişini jörttaga Medvedevning taşrifi oldidan uyuştirişgan deyişadi. Bundan taşqari, Poteyevning xotini Margarita Potayeyeva va qizi ança vaqtdan buyon Amerikada yaşab kelayotgani ham öşanda oşkor böladi.
Poteyevning «Rosoboroneksport»da işlovçi öğli otasidan biroz avval yaşirinça Amerikaga qoçib ketgandi. Uning AQŞda ekanini ruslar Poteyev ham qoçganidan söng bilişadi.
Poteyev AQŞga qoçib ketib, amerikaliklarga «mutlaqo maxfiy» yorliği ostida saqlanayotgan köp ma’lumotlarni beradi.
U bu işi bilan Rossiya maxfiy xizmatlariga va taşqi razvedka idorasiga juda katta zarar keltiradi.
Poteyev va u amerikaliklarga uşlab bergan rus josusi Anna Çapman
Jumladan, u AQŞda MRBga Amerikada işlab kelayotgan 11 nafar FSB josuslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Aynan uning ma’lumotlari böyiça 10 kişi, jumladan, Anna Çapman, taşqi razvedka xizmatining iste’fodagi xodimi, podpolkovnik Mixail Vasenkov hibsga olinadi.
Köp ötmay, AQŞ va Rossiyada josuslikdar ayblangan şaxslarni özaro almaşiş haqida kelişuvga erişişadi. AQŞ Rossiyaga hibsga olingan şaxslarni qaytarib beradi. Ular orasida Çapman va Vasenkov ham bor edi.
Rossiya AQŞga amerikaliklar foydasiga josuslik qilişda ayblanib hibsga olingan Igor Sutyagin, Britaniya foydasiga josuslik qilişda ayblangan Sergey Skripal va Aleksandr Zaparojskiyni qaytaradi.
(2018 yilda Britaniyada yaşab kelayotgan Skripal va uning qizini FSB xodimlari rakioaktiv moddalar bilan zaharlaşadi. Biroq Rossiya tomoni buni tan olmagan)
Poteyev MRBga özidagi ma’lumotlarni berib bölgaç boşqa işlar bilan şuğullanadi. Rossiyaliklar Poteyev AQŞda rossiyalik tadbirkorlar va davlat amaldorlarining pullarini yuviş bilan şuğullanganini aytişadi.
Sud va sirtdan hukm
Poteyev qoçib ketganidan söng unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir neça moddalari bilan jinoyat işi qözğatiladi. Jumladan, u davlatga xiyonat qilişda va xizmat joyini taşlab qoçişda ayblanadi.
2011 yil 3 may kuni FXX Poteyevga qarşi ötkazilgan suriştiruvlar tugaganini ma’lum qiladi va iş sudga oşiriladi.
2011 yil 27 iyun kuni Moskva harbiy okrugi sudi Poteyevga sirtdan hukm çiqaradi. Sobiq KGB va FFX xodimining barça unvonlari va davlat mukofotlari bekor qilinadi.
Poteyevning sudlangani haqida telekanallarda ham xabar beriladi.
Bundan taşqari, unga 25 yil qamoq jazosi berişadi. Qamoqni qattiq tartibli koloniyada ötaşi belgilanadi.
Poteyevning advokati hukmdan norozi bölib kassatsiya şikoyati kiritadi. Biroq Rossiya oliy sudi harbiy kollegiyasi sud hukmini özgartirişsiz qoldiradi.
Öşanda Poteyevning Rossiya davlat manfaatlariga yetkazgan zarari 50 mln dollarga baholangan.
Qoçoqning «ölimi»
2016 yilda Rossiyadagi bir qator axborot agentliklari öz manbalariga tayanib, Poteyev AQŞda vafot etgani haqida xabar tarqatadi.
Ulardan biri Poteyev haqidagi boşqa bir taxminni ilgari suradi. Ya’ni sobiq KGB va FSB xodimi vafot etmagan. Şunçaki uni Rossiyada öldi deb öylaşlari va tinç qöyişlari uçun yolğon xabar tarqatilgan.
Bu taxminda jon bölişi mumkin. Çunki Poteyev AQŞda yaşar ekan, FSB qoçoqning yaşaş joyini aniqlay olsa uni yöq qilişga harakat qilişi tayin edi. Bunday paytlarda Poteyevni öldi deb e’lon qiliş va unga boşqa amerikaça ism-şarif berib yaşiriş eng töğri yöl böladi.
Şu omillar sababli Rossiyada Poteyevning ölganiga uzil-kesil işonişmagan va FSB ma’lumotlarida u qidirilayotgan şaxs sifatida turibdi.
2018 yil oktyabr oyida BuzzFeed internet naşri AQŞda 2016 yil vafot etdi deyilgan Poteyevning ism-şarifi va tuğilgan sanasi mos keladigan odam haqidagi ma’lumotlarni topganini e’lon qildi. Biroq uning haqiqatdan Poteyev ekani yoki boşqa odamligi mavhumligiça qoldi.
2016 yilda Poteyevning ölimi haqida xabar tarqalar ekan, bu işni Putinning matbuot kotibi Peskov ham izohlagan edi. Öşanda unga «Poteyevning ölimi haqida mamlakat rahbari nima deydi?» deb savol berişadi.
Peskov Putin Poteyevning vafoti bilan qiziqmaganini ta’kidlab, «Bu Kreml hamda Putinga beriladigan va u e’tibor qaratadigan savol emas», degandi.
BBC’ning xabar berişiça, Poteyevning tirikligi haqida gap-sözlar tarqalgaç, 2019 yilda FSB uni topiş va yöq qiliş böyiça amaliyot ötkazişni rejalaştiradi.
Poteyevni topiş böyiça odam yollanadi. Biroq uni topişning iloji bölmaydi va amaliyot natijasiz tugaydi. Köp ötmay Poteyevni topiş uçun yollangan meksikalik şaxs MRB tomonidan hibsga olinadi.
Amaliyot amerikaliklarga oşkor bölgaç, 2020 yil aprelda rossiyalik 10 nafar diplomat AQŞdan çiqarib yuboriladi.