Bundan buyon Qirğizistonda bandit, uyuşgan jinoiy guruhlar va kriminal avtoritetlar bölmaydi, dedi mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev.
Uning sözlariga köra, 2023 yilda uyuşgan jinoiy guruhlar va korrupsioner mansabdor şaxslarga qarşi kuraşiş böyiça katta işlar amalga oşirilgan.
«Davlatimiz qonuniy, huquqiy va erkin böladi. Agar uyuşgan jinoiy guruhlar qolgan bölsa, 2024 yilda hammasini butunlay yöq qilamiz», dedi Taşiyev.
Şu bilan birga u «qonunga bepisand öğri», «hudud nazoratçisi», «hukmdor» kabi kriminal olam tuşunçalari endi qöllanmasligini qöşimça qildi.
«Bunday sözlar endi bölmaydi, biz ulardan foydalanişni töxtatamiz. Ozodlikdan mahrum qiliş joylarida tartib örnatamiz», dedi Taşiyev.
U 2023 yilda korrupsiyaga qarşi kuraş yaxşi natijalar berganini qayd etdi. Ayni paytda, Qamçibek Taşiyevga köra, davlat idoralaridagi korrupsion sxemalar deyarli yöq qilingan.
«Bu yönalişdagi işlar davom etadi», deb xulosa qildi u.
Şu bilan birga, Taşiyev endi huquq-tartibot va harbiy sohada poraxörlikka barham berilişini ta’kidladi.
«Biz poraxörlikni butunlay töxtatişimiz kerak. Harbiy kiyimni kiyib, Vatanga qasamyod qilgan bölsangiz, xizmatingizni qiling. Ammo özingiz qonunlarni buzsangiz, korrupsiyaga aralaşsangiz, Vatanga qasamyodingizni buzasiz», dedi Taşiyev.
U qonunlarni buzmaslikka, pora oliş va berişni bas qilişga çaqirdi.
«Bundan buyon qonunlarni buzmang. Poraxörlikni butunlay töxtatişimiz kerak, ayniqsa, lavozimga tayinlaş va rotatsiyalarda», deb qöşimça qildi u.








