Qattiq maişiy çiqindilarni olib ketiş xizmati katta operatsiyalarni bajariş uçun qarzni tölaş kerak bölgan kommunal tölovlar röyxatiga kiritilmoqda.
Prezidentning 4 yanvardagi farmoniga köra, Özbekistonda 2024 yilning aprel oyidan köçmas mulk va avtotransport vositalari bilan boğliq bitimlar çiqindini olib ketiş xizmatlari uçun qarzdorlik bölmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.
Qarzning mavjudligi yoki yöqligi qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş uçun majburiy tölovlarni tölaş va hisobini yuritişning yagona elektron tizimi orqali onlayn tarzda tekşiriladi.
Tizimning uzluksiz işlaşiga Sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş respublika markazi mas’ul böladi. Çiqindilarni utilizatsiya qiliş xizmatlari va abonent hisobi uçun tölovlar faqat markazning billing tizimi, tölov tizimlari yoki bank kassa apparatlari orqali amalga oşiriladi.
Şu kundan boşlab barça sanitariya tozalaş korxonalari fuqarolarga yagona elektron tizimga ulangan holda xizmat körsatişi şart. Aks holda, ular bilan tuzilgan şartnomalar bekor qilinadi, ular xizmat körsatgan hududlar esa davlat-xususiy şerikçilik asosida boşqa korxonalarga beriladi.
Avvalroq, 2024 yilning 1 iyunidan çiqindi xizmatidan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, elektr energiyasi uçun tölovlarni çeklaş boşlanişi xabar qilingandi.












