Chiqindi olib chiqib ketish bo‘yicha qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladi
2024 yil 1 iyundan O‘zbekistonda chiqindi olib chiqib ketish bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni cheklash boshlanadi. Avvaliga jarayon Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida, keyin esa - butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidenti 2024 yil 4 yanvarda "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Energetika vaziri matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayevning xabar berishicha, endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarz yuzaga kelgan bo‘lsa, «svet» uchun pul imkoni bo‘lmaydi.
Hujjatga ko‘ra:
- 2024 yilning 1 iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
- 2024 yilning 1 noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
- 2025 yilning 1 yanvaridan e’tiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovni amalga oshirishda cheklovlar o‘rnatiladi.
«Oddiy aytganda, axlat uchun pul to‘lamagan qorong‘ida o‘tiradi», deb yozgan energetika vaziri matbuot kotibi.
Ushbu cheklovlar 2023 yil 31 dekabrgacha to‘plangan qarzlarga ta’sir qilmaydi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi

08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025