Toşkent şahar hokimligida yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan uçraşuvda “yaşil transport koridori” loyihasi muhokama qilindi. Unda poytaxt hokimligi, “Toşkent Invest” AJ, Global ekologik fond (GEF), Xitoyning “CRRC Group” kompaniyasi, BMT TD va Transport vazirligi vakillari iştirok etdi. Bu haqda şahar hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yiğilişda jamoat transportini takomillaştiriş, yaşil yoqilğida harakatlanadigan transport vositalari uluşini oşiriş, mikromobillikni kengaytiriş, yölovçilar va haydovçilar uçun qulaylik yaratiş masalalari muhokama qilingan.
Tadbirda “Toşkent şahrida kam uglerodli transportga investitsiyalarni jalb qilişni jadallaştiriş” loyihasi taqdim etilgan. Loyiha GEF va BMT Taraqqiyot dasturi kömagida işlab çiqilgani, poytaxtning eng gavjum köçalaridan biri Şota Rustaveli köçasi böylab yaşil transport yölagini yaratiş sinov tariqasida taklif etilgani ma’lum qilindi.
Qolaversa, Xitoyning “CRRC Group” kompaniyasi vakillari işlab çiqarilayotgan transport vositalari, xususan, ğildirakli tramvaylarning afzalliklari, qulayligi, samaradorligi va siğimi haqida gapirib, ularning poytaxt transport tizimiga integratsiyalaşuvini taklif etgan.
Toşkent şahar transport tizimini kompleks rivojlantiriş loyiha ofisi direktori Murod Obidovning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, ğildirakli tramvaylar harakati dastlab Şota Rustaveli köçasiga qöyilişi mumkin.
“Mutaxassislar bilan şu koridordan qöyiş masalasini muhokama kildik, lekin ança detallar böyiça köşimça işlar amalga oşirilişi zarar ekan. Şunga [loyihani] qayta işlaşda davom etamiz”, – dedi u.
Obidovga köra, transport yuklamasi yuqori koridorlar uçun 35 metrli avtobuslar ham yaxşi yeçimlardan biri bölib turibdi. Metro ötmagan koridorlarga asosan öta katta siğimli transport kerakligi aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, Transport vazirligi vakili “Lolazor”podkastida ham 32-35 metrli avtobuslar keltirilişini, undan avval yil yakunigaça 200 ta elektrobus, 2030 yilgaça mingta avtobus keltirilişini ma’lum qilgandi. Ammo infratuzilma masalasi hal etilmasa, jamoat transporti bilan boğliq qöşimça muammolar yuzaga kelişi ham eslatilgandi.












