Janubiy Koreya poytaxti Seul şahri politsiyasi boşliği Kim Kvan Xo 2022 yilda Hellouin bayramini nişonlaş çoğida 158 kişining ölimi böyiça oçilgan jinoyat işida kasbiy mas’uliyatsizlikda ayblandi.
The Guardian naşrining yozişiça, ayblovga köra, politsiya boşliği odamlar xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur çoralarni körmagan va qöşimça kuçlarni navbatçilikka ötkazmagan, garçi u iştirokçilar köpligi sababli xavf-xatarlarni oldindan bilgan bölsada.
Yonhap agentligining qayd etişiça, avvalroq Yongsan-gu okrugi politsiya bölimi rahbariyati va mahalliy amaldorlarga qarşi ayblovlar e’lon qilingan, politsiya boşliğining taqdiri esa noma’lum bölib qolayotgan edi.
2022 yil oktyabr oyida Seulda Covid-19 çeklovlaridan keyin birinçi marta Hellouin bayrami nişonlandi. Unda minglab odamlar orasida tiqilinç yuz berdi: odamlar panjaralar orasidagi tor köçada siqilib qolişdi. Oqibatda deyarli 160 kişi halok böldi, fojia qurbonlari orasida Özbekiston fuqarosi ham bor edi.












