Özbekistonda xorijan maişiy texnika tovarlari olib kelişda antidemping bojlari örnatiş rejalaştirilmayapti. Bu haqda “Özeltexsanoat” uyuşmasi ma’lum qildi.
Avvalroq xabar berilganidek, boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi Investitsiyalarni jalb qiliş, sanoatni rivojlantiriş va savdoni tartibga soliş masalalari böyiça hukumat komissiyasining 25 dekabrdagi 118-sonli bayonnomasiga köra, mas’ul taşkilotlarga maişiy texnika importida antidemping bojlari joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş topşiriği berilgan.
“Bugungi kunga kelib, antidemping bojini joriy etiş masalasini örganiş xulosalariga köra, uni joriy etiş rejalaştirilmagan.
Uşbu bayonda körsatilgan ba’zi takliflargina 2024 yil 10 yanvar kuni qabul qilingan prezident qarorida aks etdi.
Masalan, soliq imtiyozlarini 2027 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriş taklifi bunga misol böla oladi. Lekin uşbu soliq imtiyozlaridan közlangan asosiy maqsad şundaki, soliq imtiyozidan keladigan foyda tadbirkorlar uçun dividend körinişida emas, balki yangi işlab çiqariş quvvatlarini, iş örinlarini yaratiş va mavjud imkoniyatlarni modernizatsiya qilişga yönaltiriladi”, – deyiladi “Özeltexsanoat”ning 22 yanvar kungi bayonotida.
Uyuşma komissiya bayonnomasidan örin olgan boşqa masalalarga töxtalmagan. Xususan bayonnomada elektrotexnika sanoatidagi mahalliy korxonalarga eksportda valuta kursini hedj qiliş xizmatlaridan foydalaniş va xomaşyo importidagi transport xarajatlarini qoplab beriş ham közda tutilgan edi.
Ta’kidlaş lozim, 10 yanvardagi prezident qarori bilan, boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev raisligidagi hukumat komissiyasiga 2027 yil 1 yanvarga qadar elektrotexnika sohasi korxonalarini qöşimça qöllab-quvvatlaş böyiça çoralar köriş vakolati berilgan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi komissiya qarorlariga asosan elektrotexnika sohasi korxonalarini qöşimça qöllab-quvvatlaş çoralari uçun zarur mablağlar ajratib borişi kerak.
Şuningdek, qarorga binoan:








