Adliya vazirligi munosabati

Vazirlikning ma’lum qilişiça, 2024 yil 10 yanvarda qabul qilingan 15-sonli prezident qarori Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan işlab çiqilgan va qaror loyiha holatida Adliya vazirligiga kiritilgan.

“Vazirlikka kiritilgan variantda Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirişda ularning sifati, xavfsizligi hamda servis kafolatini ta’minlaydigan işlab çiqaruvçining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bölişi talab qilinadigan mahsulotlar röyxati (qarorning 3-ilovasi) mavjud bölmagan. PQ-5025-sonli qarorda loyiha taşabbuskori hisoblangan davlat organi uni tartibga soliş ta’sirini baholaşdan ötkazişi zarurligi belgilangan. Adliya vazirligiga kiritilgan variantda 2024 yil 10 yanvardagi PQ-15-sonli qarorning 3-ilovasidagi masalalar mavjud bölmagani bois, uşbu masala loyiha taşabbuskori tomonidan TSTBdan ötkazilgani haqida ma’lumot mavjud emas”, – deyiladi munosabatda.

Adliya vazirligi hujjat loyihasi ekspertizadan ötkaziliş jarayonida öz e’tirozlarini bildirganini ma’lum qildi, ammo e’tirozlarning mazmuni qanday bölgani, ular inobatga olingani yoki yöqligiga aniqlik kiritmadi.

Raqobat qömitasi nima deydi?

Raqobat qömitasi munosabatida esa qarorni qabul qilişda qömitaning takliflari inobatga olingani va ayni damda unda raqobatga zid holatlar yöqligi ma’lum qilingan.

Qömitaning ma’lum qilişiça, qaror loyihasi belgilangan tartibda Raqobat qömitasiga kelişiş uçun kiritilgan va loyihada nazarda tutilgan normalarning raqobatga ta’siri “ex-ante” usulida belgilangan tartibda baholanib, tegişli xulosa taqdim qilingan.

“Uşbu xulosada berilgan takliflar inobatga olingan. Xususan, tayyor elektrotexnika mahsulotlari Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişida import qilinadigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida amaldagi import bojlariga qöşimça ravişda yiğim undirilişini nazarda tutuvçi norma loyihadan çiqarib taşlangan”, – deyiladi qömita munosabatida.

Qöşimça qilinişiça, Özbekiston Respublikasi “Raqobat töğrisida”gi qonunining 23-moddasida:

  • davlat xöjalik yurituvçi sub’yektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotiş va ijaraga beriş, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalaniş huquqlarining imtiyozli şartlar asosida berilişi hamda boşqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida