2023 yil yakunlariga köra, Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 4 mln 551 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 17,2 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, hisobotni tuzişda mudofaa, içki işlar, bojxona, DXX, prokuratura va sud tizimlaridagi maoşlar, şuningdek, kiçik tadbirkorlik sub’yektlarida va qişloq xöjaligi sohasida işlovçilarning maoşlari kiritilmagan.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (7 mln 453 ming), Navoiy (5 mln 887 ming) va Toşkent viloyatida (4 mln 526 ming) qayd etilgan.

Eng kam maoşlar esa Namangan (3 mln 310 ming), Qaşqadaryo(3 mln 367 ming) va Surxondaryo (3 mln 379 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda – Toşkent şahri va Navoiy viloyatida nominal iş haqining darajasi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

2023 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar böyiça örtaça oylik nominal iş haqining eng yuqori ösiş sur’atlari Farğona viloyatida (19,1 foiz), Toşkent şahrida (18,7 foiz) va Jizzax (18,1 foiz), Xorazm (18 foiz) hamda Samarqand viloyatlarida (17,8 ) qayd etilgan.

Maoşlar oşgani ortidan, hududlar kesimidagi farqlaniş kuçayib bormoqda. Masalan, 2021 yilda eng boy va eng kambağal hududlardagi (Toşkent/Surxondaryo) örtaça iş haqidagi farq 2 barobar, 2022 yilda 2,18 barobar (Toşkent/Farğona) bölgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 2,25 barobarga yetgan.

2023 yilda örtaça oylik iş haqini hisoblaşda 3 mln 101 ming xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan. Şundan 37,7 foizi ta’lim, 18,3 foizi sanoat, 16,9 foizi soğliqni saqlaş sohasi vakillari hissasiga töğri kelgan.