Yozyovonlik Ahmadjon Ismoilov qariyb 50 yildan buyon limonçilik bilan şuğullanadi. Dastlab 1 sotix maydonda iş boşlagan otaxonning bugun 26 sotix limonzori bor. “Donasi 1 söm bölgan paytda 100 dona limonni sumkaga joylab Qöqon, Andijon, Namangan va Marğilon şaharlariga olib borib sotib kelardim. Issiqxonaga kirib şoxlarida uyulib yotgan mevasini körganimda kayfiyatim kötariladi”, deydi boğbon.  

“Asli tarix öqituvçisiman. 43 yil ilgari texnikumda işlardim. 1976 yilda kardionevroz kasalligi bilan oğridim. Öşa kezlarda Toşkent telekanalida özbek limonçilik maktabi asosçisi Zayniddin Faxriddinov haqida körsatuv körib qoldim.

Zayniddin Faxriddinov, özbek limonçilik maktabi asosçisi

Tsitrus meva haqidagi gaplarni, foydali tomonlarini eşitib, limon boği taşkil qiliş niyati paydo böldi va şu kundan harakatni boşladim. U paytlar limonning donasi 1 söm edi, bu pulga esa 10 ta non sotib oliş mumkin edi.

Köçatini axtarib köp joyga bordim. Amallab topib 1 sotix joyga 15 tup köçat ötqazdim. Bugunga kelib 26 sotix yerda limon boğim bor. 31 yoşimda kasallikka çalingan edim, hozir 78 yoşga kirdim, şukurki, kasallikdan butkul foriğ böldim. Har kuni limonxonaga kirib mehnatlarim samarasini körib quvonib ketaman. Limon sababli soğaydim, deya ta’kidlaydi boğbon.

Ahmadjon Ismoilovning hikoya qilişiça, u avvaliga hosilni bozorga olib çiqib sotişga biroz uyalgan. Sababi, u paytlarda öqituvçining savdo-sotiq bilan şuğullanişi uyat sanalgan. Ammo keyinçalik bunga könikib ketgan.

“Birinçi marta 100 dona limonni uzib, Farğona şahriga bozorga olib bordim. 2 soatda sotib tugatdim. Öşanda limonlarim puli 100 söm pul böldi, bir oylik maoşim esa 95 söm edi. Şunday qilib bir oylik maoşimni 1 kunda limondan topib qöydim”, deya eslaydi otaxon.