Hozirgi kunda elektr energetikasini qayta qurişning ustuvor yönalişlaridan biri qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş hisoblanadi. Özbekiston bu sohada katta salohiyatga ega, sönggi yillarda qayta tiklanuvçi energiya manbalari quvvatlarini rivojlantirişda salmoqli qadam taşlandi. Ahamiyatlisi, qisqa muddat içida Özbekiston bu sohada e’tiborga loyiq natijalarga erişdi hamda 2030 yilga borib qayta tiklanuvçi energiya manbalarining umumiy generatsiya quvvatlaridagi uluşini 25 foizgaça yetkaziş böyiça bemalol bajariş imkoniyati mavjud bölgan ulkan rejalarga ega (boşqa mamlakatlar bunga önlab yillar mobaynida erişgan).
Mazkur ulkan loyihalarni hayotga tatbiq etiş uçun loyihalarni amalga oşiriş böyiça xalqaro yondaşuvlarga ega bölgan injiniring taşkilotlari, loyiha institutlariga, şuningdek elektr energetikasi hamda yangi texnologiyalar böyiça xalqaro darajadagi malakali kadrlar tayyorlaşga ehtiyoj sezilmoqda. Uşbu omillarni inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2024 yil 23-25 yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga muvaffaqiyatli amalga oşirgan keng miqyosdagi davlat taşrifi doirasida «Özenergoinjiniring» AJ xitoylik şeriklar bilan qator kelişuvlarga erişdi.

«Özenergoinjiniring» AJ va EPPEI örtasida qöşma korxona
«Özenergoinjiniring» AJ va Xitoyning elektr energetikasida rejalaştiriş va injiniring instituti (EPPEI) rejalaştiriş, injiniring va maslahatlaşuvlar sohasida birgalikda qöşma korxona taşkil etiş töğrisida kelişib oldi. Korxona faoliyatining asosiy yönalişlari sifatida quyidagilar közda tutilmoqda:
· Zamonaviy şaroitlarni, şu jumladan, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini integratsiya qilişni inobatga olgan holda mamlakat elektr energetikasini rivojlantiriş böyiça qisqa va uzoq muddatli rejalarni işlab çiqiş. Özbekiston elektr energetikasini rivojlantirişning samarali va asoslangan rejalarini işlab çiqiş uçun Plexos, DigSILENT xisoblaş tizimlari va boşqa şu kabi zamonaviy, xalqaro tan olingan uslublar va amaliyotlardan foydalaniladi.
· Xalqaro yondaşuvlar va standartlarni qöllagan holda loyihaoldi, texnik va iqtisodiy injiniring örganişlari, loyihalar konsepsiyalarini işlab çiqiş, bazaviy va yakuniy loyihalaştiriş, loyiha hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş, adaptatsiyalaş va boşqalar.
- Elektr energetikasi sohasi, şu jumladan, loyihalaş, quriliş va foydalaniş böyiça texnik maslahatlar beriş, loyihalarni boşqariş böyiça maslahatlar beriş, elektr energetikasi sohasida yangi texnologiyalarni qöllaş masalalari böyiça muhandislik maslahatlari beriş.







