CAU 25 ta mamlakatdan kelgan 500 nafardan ortiq bölajak şifokor va dunyoning yetakçi ekspertlarini ikkita xalqaro tibbiyot tadbirida birlaştirdi
|17:002009 min
Reklama
Central Asian University «Kelajak tibbiyoti - 2026» III Xalqaro tibbiyot olimpiadasi va «Millat salomatligi - 2026» konferensiyasini ötkazdi. Olimpiadada CAU jamoasi ğolib böldi, konferensiyada esa Johns Hopkins University professori, FDA sobiq komissari Marti Makari hamda Cleveland Clinic ekspertlari maʼruzalar bilan iştirok etdi.
2026-yil 29-oktabrdan 1-noyabrga qadar Toşkent bölajak şifokorlar va jahon tibbiyot hamjamiyatining yetakçi vakillari uçraşadigan maskanga aylandi. Central Asian University (CAU) 25 ta mamlakatdan 500 nafardan ortiq tibbiyot talabasini jamlagan «Kelajak tibbiyoti - 2026» III Xalqaro olimpiadasi hamda soğliqni saqlaş, tibbiy taʼlim va klinik amaliyot istiqbollariga bağişlangan «Millat salomatligi - 2026» xalqaro konferensiyasini taşkil etdi.
Dasturda Buyuk Britaniya, Italiya, Şveysariya, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Pokiston, Malayziya va Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari vakillari iştirok etdi. Uşbu ikki xalqaro tadbirni umumiy maqsad - bölajak şifokorlarning amaliy salohiyatini rivojlantiriş, ilğor tibbiy tajriba almaşiş va xalqaro professional hamkorlikni kengaytiriş birlaştirdi.
«Kelajak tibbiyoti - 2026» III Xalqaro tibbiyot olimpiadasi 100 dan ortiq talabalar jamoasini birlaştirdi. Iştirokçilar haqiqiy şifokorlik faoliyatiga imkon qadar yaqinlaştirilgan şaroitlarda öz bilimlari, klinik tafakkuri va amaliy könikmalarini namoyiş etdi.
Bölajak şifokorlarning kasbiy malakasini baholaşda keng qöllanadigan obyektiv tizimlaştirilgan klinik imtihon - OSCE (Objective Structured Clinical Examination) formatidagi sinovlar musobaqaning asosiy qismiga aylandi.
Iştirokçilar içki kasalliklar, jarrohlik, şoşilinç tibbiy yordam, ginekologiya va pediatriya yönalişlarini qamrab olgan beşta klinik bosqiçdan ötdi. Talabalar jarohatlarda ultratovuş diagnostikasini ötkaziş, laparoskopik jarrohlik, traxeya intubatsiyasi, ginekologik körik hamda yangi tuğilgan çaqaloqlarga yordam körsatiş böyiça könikmalarini namoyiş etdi.
Topşiriqlar tibbiy muolajalarni aniq bajariş, tezkor qaror qabul qiliş va murakkab klinik vaziyatlarda töğri harakat qila oliş mahoratini talab etdi.
Mavzuga oid
1-noyabr kuni ötkazilgan tibbiy viktorina yakuniy sinov bölib, unda jamoalar bilimlarining çuqurligi, fikrlaş tezligi va hamjihatlikda yeçim topiş qobiliyati böyiça bellaşdi.
Xalqaro olimpiada natijalariga köra, sovrinli örinlar quyidagiça taqsimlandi:
1-örin - CAU Squad (Özbekiston), Central Asian University.
2-örin - The Robots (Rossiya), I. M. Seçenov nomidagi Birinçi Moskva davlat tibbiyot universiteti.
3-örin - Edinburgers (Buyuk Britaniya), The University of Edinburgh.
Olimpiada finali yorqin his-tuyğular, hayajon va ğalaba quvonçiga töla muhitda ötdi. Tantanali taqdirlaş marosimi dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan iqtidorli bölajak şifokorlarni birlaştirgan tört kunlik bellaşuvlarning eng yuqori nuqtasi böldi.
CAU jamoasining ğalabasi tadbirning asosiy natijalaridan biri bölib, universitet talabalarining xalqaro akademik maydondagi raqobatbardoşligini namoyon etdi.
«Millat salomatligi - 2026»: jahon ekspertlari tibbiyot kelajagi haqida
31-oktabr kuni «Central Asian Expo» körgazmalar markazida «Şifokor yöli: taʼlim, mukammallik, innovatsiyalar» (The Physician’s Journey: Education, Excellence, Innovation) mavzusida «Millat salomatligi - 2026» xalqaro konferensiyasi bölib ötdi.
Konferensiya zamonaviy tibbiyotdagi asosiy özgarişlarni muhokama qiliş maqsadida xalqaro mutaxassislar, tibbiyot muassasalari rahbarlari, tadqiqotçilar va akademik hamjamiyat vakillarini birlaştirdi.
Ilmiy kaşfiyotlar, taşxis qöyiş va davolaşda sunʼiy intellektdan foydalaniş, birlamçi tibbiy yordamni transformatsiya qiliş, şifokorlarni tayyorlaşga yangi yondaşuvlar hamda klinik amaliyot sifatini oşiriş masalalari eʼtibor markazida böldi.
Johns Hopkins University jarrohlik professori hamda AQŞ Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qiliş boşqarmasining (FDA) sobiq komissari doktor Marti Makari asosiy maʼruzaçilardan biri sifatida iştirok etdi.
U özining «Tibbiyotning yangi ufqlari: sönggi ilmiy kaşfiyotlar va qadimiy tabobat sanʼati» nomli maʼruzasida tibbiyot fanining jadal rivojlanişi, yangi texnologik imkoniyatlar va şifokorlik kasbining fundamental tamoyillarini saqlab qoliş zarurligi haqida söz yuritdi.
Konferensiyada birlamçi tibbiy yordamning kelajagiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Şifokor, tadbirkor hamda 2,1 milliard dollarga sotib olinib, keyinçalik Amazon ekotizimi tarkibiga kirgan Iora Health tibbiyot kompaniyasi hammuassisi Ruşika Fernandopulle soğliqni saqlaş sohasini transformatsiya qiliş va bemorlarga yönaltirilgan tibbiy yordamning yangi modellarini yaratiş borasidagi tajribasi bilan örtoqlaşdi.
Konferensiyada, şuningdek, Yaponiya va Rossiyadan kelgan tibbiyot mutaxassislari ham iştirok etib, soğliqni saqlaşni rivojlantiriş böyiça xalqaro tajribani taqdim etdi.
Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli tibbiy loyihalar muhokamasi dasturning alohida qismini taşkil etdi.
CAU Hospital boş direktori Zulfiya Obidova bölajak klinika konsepsiyasini taqdim etdi va Cleveland Clinic Connected xalqaro dasturi doirasida Cleveland Clinic bilan yölga qöyilgan hamkorlik haqida sözlab berdi.
Xalqaro sifat standartlari, bemorlar xavfsizligi, tibbiy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yagona klinik amaliyotga uyğunlaşgan tizimni yaratişga alohida eʼtibor qaratildi. CAU Hospital şifokorlarni tayyorlaş, rezidenturani rivojlantiriş, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va zamonaviy davolaş usullarini joriy etiş uçun klinik bazaga aylanadi.
Loyihaning uzoq muddatli maqsadi - ilğor klinik tajriba markazini şakllantiriş hamda bemorlarga murakkab ixtisoslaştirilgan yordamni bevosita Özbekistonning özida oliş imkonini beradigan tibbiy salohiyatni rivojlantirişdan iborat.
Social by AKFA boş direktori va CAU Tibbiyot maktabi dekani Murodbek Ahrorov ommabop ambulator va diagnostik tibbiy yordamning yangi modeli - Social by AKFA loyihasini taqdim etdi.
Loyiha bemorlar uçun zamonaviy muhit yaratişga qaratilgan. Unda raqamli texnologiyalar, puxta öylangan yönaltiriş tizimi va tibbiy jarayonlarni samarali taşkil etiş bemorga dastlabki maslahatdan tortib, taşxis qöyiş va keyingi kuzatuvgaça bölgan barça bosqiçlardan qulay hamda izçil ötiş imkonini beradi.
Social by AKFA loyihasining öziga xos jihati - uni işga tuşirişga tadqiqot nuqtai nazaridan yondaşilganidir. Jamoa tibbiyot markazi oçilişidan avvalroq CAU bilan hamkorlikda klinik simulyatsiyalar ötkazib, bemorlar harakati yönalişlarini sinovdan ötkazmoqda, şuningdek, şifokorlar tayyorgarligi va operatsion jarayonlar samaradorligini baholamoqda.
Xalqaro olimpiada va konferensiyaning ötkazilişi Central Asian University’ning tibbiy taʼlimni rivojlantiriş va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytiriş böyiça uzoq muddatli strategiyasini aks ettiradi.
Universitet taʼlim va klinik infratuzilmaga izçil sarmoya kiritmoqda, simulyatsion taʼlim, rezidentura dasturlari, ilmiy tadqiqotlar hamda yetakçi xalqaro tibbiyot taşkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.
25 ta mamlakatdan kelgan talabalar va dunyoning yetakçi ekspertlari iştiroki, şuningdek, amaliy bellaşuvlarning yuqori saviyasi Özbekistonning tibbiy bilimlar almaşiş va mutaxassislar tayyorlaş böyiça xalqaro maydon sifatidagi imkoniyatlari tobora ortib borayotganini namoyon etadi.
CAU uçun bunday taşabbuslar bölajak şifokorlar xalqaro tajriba, ilğor texnologiyalar va kasbiy rivojlanişning yangi imkoniyatlaridan foydalana oladigan zamonaviy tibbiy muhitni şakllantirişning bir qismiga aylanmoqda.
Central Asian University (CAU) haqida
2019-yilda Özbekistonda taşkil etilgan Central Asian University mamlakatdagi eng jadal rivojlanayotgan xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. U tibbiyot, stomatologiya, biznes, arxitektura va dizayn, muhandislik, turizm va mehmonxona işi hamda talab yuqori bölgan boşqa yönalişlarda xalqaro taʼlim dasturlarini taklif etadi. Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega öqituvçilar va amaliy taʼlimga qaratilgan eʼtibor CAUʼni butun dunyo talabalari uçun jozibador tanlovga aylantiradi.
Central Asian University Round University Ranking 2025 jahon reytingida top-1000 talikdan joy olgan, THE Impact Rankings 2025 reytingida ilk bor qayd etilgan. Şuningdek, AD Scientific Index maʼlumotlariga köra, 2025-yilda Özbekistonning birinçi raqamli yoş nodavlat universiteti deb topilgan. Bundan taşqari, CAU QS Stars xalqaro reytingida 4 yulduzli bahoga sazovor bölib, Özbekistonda bunday eʼtirofga erişgan yagona xususiy universitetga aylangan. 2025-yil yakunlariga köra, Central Asian University (CAU) Science and Innovation Awards talqini böyiça eng yaxşi nodavlat oliy taʼlim muassasasi deb topilgan. Şuningdek, Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingiga köra, Markaziy Osiyoning TOP-70 universiteti qatoridan joy olgan.
CAU strategik xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirib, Germaniya, Şveysariya, AQŞ hamda boşqa mamlakatlar universitetlari bilan qöşma akademik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşirmoqda. Innovatsion taʼlim modeli hamda global hamkorlikka yönaltirilganligi tufayli universitet mintaqaning oliy taʼlim sohasidagi yetakçi muassasalaridan biri sifatida öz mavqeini mustahkamlab bormoqda.