Qarşi şahrida yerosti va usti piyodalar yölaklari quriladi. Bu haqda 7 fevral kuni viloyat hokimligida Qarşi şahrini ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal sohani rivojlantiriş, aholi daromadlarini oşiriş böyiça ötkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

“Yerosti va yerusti boşlanişi kerak. Haqiqatan ham, “Yerqörğon”ning oldida ham, “Yangi bozor”ning oldida ham [yölni piyoda kesib] ötib bölmaydi. Bu ham odamlarning kayfiyati bilan boğliq. Boşlatvorişimiz kerak. 3–4 milliardga bölib ketadi”, – dedi viloyat hokimi Murodjon Azimov.

Taqdimotda aytilişiça, “Yangi bozor”ning oldida “Orzu” bozorining oldidagi kabi yerusti ötiş yöli, “Yerqörğon” bozoriga tutaş joyda esa yerosti ötiş yöli, avtoşohbekat va taksilar uçun alohida joy quriş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 29 yanvar kungi yiğilişda şaharsozlik va yöl harakatiga mas’ul barça böğindagi rahbarlar “Şahar – piyodalar uçun” degan şiorni özining asosiy tamoyili qilib olişi şartligini ta’kidlagan edi.

Yerosti va yerusti yöllar esa keksalar, yuk kötargan yoki bolani “kolyaska”da olib yurgan piyodalar, imkoniyati çeklangan şaxslar uçun noqulaylik tuğdiradi.

Video: