Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidai yiğilişda jamoat transporti masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari jamoat transporti haligaça odamlarga sifatli xizmat körsatadigan tizimga aylanmaganini qayd etdi.

«Jamoat transporti qamrovi bor-yöği 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho», dedi prezident.

Viloyatlarga yetkazilişi reja qilingan  avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarşi va Urganç şaharlarida yölovçi taşişni brutto-şartnoma asosida moliyalaştiriş tizimini joriy qiliş  işlari yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.

Transport vaziri va viloyat hokimlari bu işlarni töliq yakunlab, 1 martga qadar 5 ta viloyat markazida, 1 iyungaça qolgan 8 ta şaharda yangi tizimni yölga qöyişi şartligi qat’iy körsatib ötildi.

Yiğilişda Toşkent şahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etildi.

Ayrim köçalarda iş kunlari örtaça 7-9 ballik, ba’zan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, ba’zilariga 2 karra köp yuklama tuşmoqda.

Oqibatda kunning tiğiz paytida manzilga boriş uçun 2 barobar köp vaqt sarflanmoqda.

Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov, Transport vazirligi, Toşkent şahar hokimligiga tizimli yondaşgan holda tirbandliklar muammosi böyiça takliflarni şakllantiriş va Prezidentga taqdimot qiliş topşirildi.

«Şaharsozlik va yöl harakatiga mas’ul barça böğindagi rahbarlar "Şahar – piyodalar uçun” degan şiorni özining asosiy tamoyili qilib olişi şart. 

Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilişi, avtomobillar esa haşamatga aylanişi kerak», - dedi prezident.