Toşkent şahrida aholi uçun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi 2023/2024 yilgi isitiş mavsumi tugagandan söng oşiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

“Ösiş elektr energiyasi, gaz, içimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, şuningdek, issiqlik işlab çiqaruvçi korxonalar uçun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oşişi bilan boğliq”, deyiladi xabarda.

Aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari uçun yangi çakana tarif 15 foizga ösib, 105 754 söm/Gkalni taşkil etadi. 

Yangi tariflar 2023-2024 kuz-qiş mavsumi (isitiş mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun ötib kuçga kiradi.

Avvalroq, yuridik şaxslar va budjet taşkilotlari uçun 2023 yil 2 dekabrdan tariflar oşirilgandi. Mazkur narxlar özgarişsiz qoladi.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 1 iyuldan e’tiboran, Fransiyaning Veolia kompaniyasi davlat-xususiy şerikçilik asosida Toşkent şahri issiqlik ta’minotining yagona operatori sifatida iş boşlagan. Hozirda Toşkent şahrida 90 foiz issiqlikni işlab çiqariş “Toş elektromarkaz” va “Toşkent elektromarkaz” unitar korxonalari hissasiga töğri keladi, 10 foizini “Veolia”ning özi işlab çiqaradi va 100 foiz issiqlikni aholiga yetkazib beradi.