Toşkent şahar hokimining “Veolia Energy Tashkent” MÇJ HK tomonidan körsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan “Veolia” kompaniyasi tomonidan körsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun tartibga solinadigan yangi narxlar tasdiqlangan.

Qarorga köra, 2023 yil 1 dekbrdan “Veolia Energy Tashkent” MÇJ HK tomonidan körsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun tartibga solinadigan bazaviy narxlar qöşilgan qiymat soliğisiz 664 465 söm/Gkal darajasida, bunda:

aholi uçun — 91 960 söm/Gkal;

yuridik şaxslar uçun — 212 660 söm/Gkal;

budjet taşkilotlari uçun 801 963 söm/Gkal darajasida tasdiqlangan.

Ta’kidlanişiça, markazlaşgan issiqlik ta’minoti tariflarini budjet taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslar uçun keskin oşib ketişining oldini oliş maqsadida investitsion xarajatlar tarif strukturasidan alohida hisobga olingan. Şuningdek, iste’molçilar bilan hisob-kitoblar isitiş davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida tölaş tizimiga ötkazilgan.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 1 iyuldan e’tiboran, Fransiyaning Veolia kompaniyasi davlat-xususiy şerikçilik asosida Toşkent şahri issiqlik ta’minotining yagona operatori sifatida iş boşlagan. Hozirda Toşkent şahrida 90 foiz issiqlikni işlab çiqariş “Toş elektromarkaz” va “Toşkent elektromarkaz” unitar korxonalari hissasiga töğri keladi, 10 foizini “Veolia”ning özi işlab çiqaradi va 100 foiz issiqlikni aholiga yetkazib beradi.