“VIPS-MED” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan, oğiz orqali yuboriş uçun suspenziya tayyorlaş kukuni şaklidagi Bar-VIPS preparatining sertifikatlaştirilmagan 520723 seriyasi sotuvda aniqlangan. Hozirda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekşirilmoqda. Bu haqda SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda Bar-VIPS dori preparatining 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 seriyalarini tibbiyot amaliyotida qöllaşga ruxsat etilgan. Ularning sifatini tasdiqlovçi tegişli muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilgan.

“Özbekiston hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining çakana savdosi bilan şuğullanuvçi (idoraviy mansubligidan, mulkçilik va boşqaruv şaklidan qat’i nazar) barça taşkilotlarni ogohlikka çaqirib, Bar-VIPS preparatining sifatini tasdiqlovçi tegişli muvofiqlik sertifikatiga ega bölmagan, şu jumladan 520723 seriyasi, (yaroqlilik muddati 08.2025) aniqlanganda uni zudlik bilan sotuvdan çiqarib taşlaşni söraymiz”, deyiladi markaz xabarida.

Şuningdek, markaz soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislaridan “VIPS-MED” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan tomonidan işlab çiqarilgan Bar-VIPS dori vositasini tibbiy maqsadlarda qöllaşda öramda körsatilgan seriyalarga e’tibor berişni söragan.

Oldinroq Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Namanganda feldşer tayyorlab sotgan «Zodak», «Anaferon», «Xilak Forte» va «Vitamin B6» nomli qalbaki dorilar Andijon, Farğona va Toşkent şaharlaridagi dorixonalarda sotuvga çiqarilganidan ogohlantirgandi.