Alyansning iyul oyida AQŞda bölib ötadigan sammitida Ukrainani NATOga taklif qiliş masalasi kun tartibidan çiqarilmagan. Bu haqda Ukraina boş vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi böyiça örinbosari Olga Stefanişina 18 fevral, yakşanba kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida ma’lum qildi. «Heç qanday kelişmovçiliklar yöq, bizning pozitsiyamiz aniq - Ukrainani NATOga taklif qiliş kerak. Bu masala kun tartibidan olib taşlangan emas. Va u qabul qilinmagunça kun tartibida qoladi», - deya ta’kidladi u.
Bu yil Kiyevga yuboriladigan taklif beqarorlikka qarşi ma’lum bir suğurta va Ukrainaga keyingi yordam kafolati bölişi mumkin, deb hisoblaydi Stefanişina. NATOning yangi boş kotibi bu jarayon dinamikasini özgartirmaydi, deya qöşimça qildi ukrainalik rasmiy. «Biz ma’lum şaxslarga tayangan davrlardan ötib ketdik. NATOning Vilnyus sammitida aniq dasturlaştirilgan jarayon kuzatilmoqda», - deya tuşuntirdi u.
Şu bilan birga, AQŞning NATOdagi doimiy vakili Juliann Smit bir neça kun oldin Ukraina iyul oyida Vaşingtonda bölib ötadigan sammitda Şimoliy Atlantika alyansiga taklif olmasligini tan oldi. Uning sözlariga köra, ittifoqçilar Kiyev bilan yaqinlaşuvni namoyiş etadi hamda Ukrainaning NATOdagi hozirgi maqomi va töliq a’zolik örtasida «köprik bölib xizmat qiladigan aniq qadamlar» qöyadi. 9-11 iyul kunlari Vaşingtonda ittifoqqa a’zo davlatlarning 75-sammiti bölib ötadi.








