Qayd qilinişiça, Özbekistonda standartlaştiriş sohasini isloh qiliş va sohaga zamonaviy yondaşuvlarni joriy qiliş maqsadida Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi taşkil etilgan. Sönggi yillarda 12 mingta standart qabul qilindi, 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan ötkaziş yölga qöyildi.
Bu yil eksportni 1,5 barobarga köpaytirib, 25 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Şuningdek, istiqbolda Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş maqsad qilingan. Şundan kelib çiqib, amaldagi texnik tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş, uning eksportga kömaklaşiş va içki bozorni sifatsiz tovarlardan himoya qilişdagi iştirokini mustahkamlaş dolzarb ahamiyatga ega.
Milliy sertifikatlar çet elda tan olinişi uçun tizimli işlaş, Milliy etalonlar bazasini töldiriş orqali xorijda mamlakatimiz laboratoriyalarining sinov natijalariga işonçni oşiriş, hozirgi kunda eng zarur bölgan texnik reglamentlarning mavjudlarini xalqaro talablarga moslaştiriş va yangilarini işlab çiqiş zarur.
Standartlaştiriş sohasidagi 6 ta axborot tizimi va 2 ta portalni özaro integratsiya qiliş, vazirlik va idoralarning standart sohasidagi kadrlar salohiyatini oşiriş, sohaviy texnik qömitalar faoliyatini jonlantiriş kerak.

Taqdimotda soha oldida turgan vazifalarni hal qiliş maqsadida işlab çiqilgan takliflar körib çiqildi.
Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi töğridan-töğri Hukumat böysunuviga ötkazilişi belgilandi.
Eksportçilarga kömakçi bölib, milliy sertifikatlar xorijiy davlatlarda tan olinişi böyiça tizimli işlarni yölga qöyiş, sifatsiz mahsulotlar importining oldini oliş ustidan qat’iy nazorat örnatiş, Jahon savdo taşkilotining Savdodagi texnik tösiqlar töğrisidagi bitim talablarini amaliyotga joriy etiş agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanadi.
Şuningdek, agentlik soha uçun kadrlarni tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga bevosita mas’ul böladi, aholi va tadbirkorlar bilan işlaşda şaffoflikni ta’minlaş uçun sohani töliq raqamlaştiradi.
Joriy yilda rivojlangan davlatlar bilan sinov natijalarini ikki tomonlama tan oliş böyiça kelişuvlarga erişiş işlarini davom ettirib, 1,2 mingta korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etiş muhimligi ta’kidlandi.












