2024 yilning 27 fevral kuni Kia’ning Özbekistondagi rasmiy distribyutori bölgan ADM Global kompaniyalar guruhi yangi örta ölçamli Kia Sorento krossoverining Özbekiston bozorida sotuvlari boşlangani haqida e’lon qildi.

Yangi Kia Sorento Özbekistonda töliq privodli tizimiga ega tört komplektatsiyalarda taklif etiladi. Avtomobilning narxi versiyaga qarab 586 900 000 dan 724 900 000 sömgaça oraliqda farqlanadi.
Yangi dizayn, ilğor texnologiyalar va kengaytirilgan xavfsizlik funksiyalari Kia Sorento modelini yanada raqobatbardoş va jozibadorga aylantiradi. U şahar içra yurişga ham, katta oila yoki kompaniya bilan tabiat qöyniga sayohatlar uçun ham mos keladi.

Kia’ning sönggi modellarining dizayni “Qarama-qarşiliklar uyğunligi” konsepsiyasiga muvofiq bölib, avtomobillarning jihozlanişi ularning haşami va yuqori texnologikligini ta’kidlaş uçun möljallangan. Himoyalovçi qoplamaga ega old bamper avtomobilning yöltanlamas imkoniyatlarini ta’kidlaydi, orqa bamper ham yangilangan bölib, yangi qoplama panelga ega böldi. “Yulduzlar xaritasi” stilidagi orqa çiroqlar ham yangilangan dizaynga mos. Komplektatsiyasiga köra, yangi dizaynda işlangan 18 va 19 dyuymli ğildirak disklari taklif etiladi.

Ekstererdagi yangilanişlar tufayli Sorentöning gabarit uzunligi 5 mm ga oşdi va hozirda 4 815 mm ga teng. Gabarit kengligi va balandligi özgarişlarsiz qoldi – ya’ni 1900 va 1695 mm. Avtomobilning ğildirak bazasi - 2815 mm, yöl sathdan balandligi 176 mm ga teng.

12 dyuymli displey va qayrilgan ekranli yangi inter’yer yuqori texnologiyalik stilini yaratadi va salonning maydonini kengaytiradi. Markaziy konsol endi bir tugmani bosiş orqali multimediya va mikroiqlimni boşqariş imkoniyatiga ega. Şamollatiş tizimining diffuzerlari, şuningdek, salonning kengligi vizual effektini yanada oşiriş uçun möljallanga.















