Ajoyib OLED-displey, sun’iy intellekt algoritmlariga ega neyroprotsessor va qoyilmaqom sovutiş tizimi, şuningdek, yupqa va çiroyli korpus içidagi flagman NVIDIA GeForce RTX 4090 grafik kartasi geymerlar uçun maksimal samaradorlikni ta’minlaydi.
ASUS yangilangan ROG Zephyrus G16 (2024) öyin noutbukini taqdim etdi va uning talabçan foydalanuvçilarning hayoti uçun foydali tomonlari haqida örtoqlaşdi.
Yangi mahsulot sun’iy intellekt algoritmlari va qoyilmaqom sovutiş tizimiga ega Intel Core Ultra 9 185H neyroprotsessori, şuningdek, noutbuklar uçun flagman hisoblangan NVIDIA GeForce RTX 4090 video kartasi bilan jihozlangan bölib, ular geymer uçun doimiy yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Noutbuk, şuningdek, zamonaviy nozik korpus dizayni, ROG Nebula OLED displeyi va yangi akustikaga ega böldi.

Texnologiya çöqqisidagi ekran
Geymer uçun öz noutbukining displeyi boşqa komponentlarga qaraganda köproq muhim hisoblanadi, şuning uçun yuqori darajadagi öyin qurilmasi iloji boriça mukammal ekran xususiyatlariga ega bölişi kerak. Yangi Zephyrus G16`ning parametrlari aynan şunday. U 16 dyuymli katta diagonalli ekranga ega bölib, tomonlar nisbati 16:10, undan foydalanayotgan inson ekranda bölayotgan voqealarga tölaligiça singib ketişi aniq.

Zephyrus G16 kompaniyaning ROG Nebula OLED displeyiga ega bölgan birinçi öyin noutbukidir. Aynan şu sababga köra, ekran yuqori darajadagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Yangi G16 2,5K matritsa ölçamlariga va 240 Gs tasvirni yangilaş tezligiga ega. Javob beriş tezligi – 0,2 ms. Noutbuk displeyi DCI-P3 rang maydonining 100 foizini qamrab oladi va G-Sync texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi, bu esa kadr tezligi qisqa vaqtga pasayganda ham harakatlanuvçi obektlarning aniq körsatilişini ta’minlaydi.

Talabçan insonlar uçun işonçli kuç
Yangi ROG Zephyrus G16 2024 içida sun’iy intellekt algoritmlariga ega yuqori darajadagi Intel Core Ultra 9 185H neyroprotsessori va flagman hisoblanuvçi NVIDIA GeForce RTX 4090 grafik kartasi mavjud. Noutbukdagi bu ikkita komponent taqdim etadigan ajoyib quvvat tufayli talabçan foydalanuvçilarning hatto eng murakkab vazifalari ham qiyinçilik tuğdirmaydi.

















