Özbekiston elçisi Vitaliy Fen Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar instituti prezidenti Li Pyong Kuni qabul qildi.

«Dunyo» xabariga köra, uçraşuvda tomonlar birgalikda geologik tadqiqotlar olib boriş orqali hamkorlikni faollaştiriş, şuningdek, mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyihani amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Janubiy Koreya tomoni joriy yilda Özbekistonda mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyiha boşlanganini e’lon qildi. Uşbu loyiha Janubiy Koreya hukumatining 8 million dollargaça bölgan grant mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. 2024-2028 yillarga möljallangan loyiha qöşma ilmiy tadqiqotlar, asosiy texnologiyalarni joriy etiş va özbekistonlik mutaxassislarning malakasini oşirişni qamrab oladi.

Janubiy Koreya tomoniga Özbekistondagi volfram konlarini özlaştiriş böyiça qöşma işlarni faollaştiriş taklif etildi.

Li Pyong Ku, şuningdek, joriy yilning 5 mart kuni Seul şahrida Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar institutining xalqaro forumi bölib ötayotganini bildirdi. U mazkur tadbirda Özbekiston Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining ikki vakili taqdimot bilan iştirok etişini ma’lum qildi.