Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro D.R. (ayol)dan turmuş örtoği A.R.ning farzandlariga ötkazgan tazyiq holatlari yuzasidan murojaat kelib tuşdi.

D.R. turmuş örtoğining mast holatda 2008 yilda tuğilgan M.R. va 2012 yilda tuğilgan M.A. qizlarini urganligi hamda ularga nisbatan turli şaklda tazyiq ötkazganligi yuzasidan IIBga murojaat qilganligini, biroq holat yuzasidan mutasaddilar tegişli çora körmaganligini, qizlariga «himoya orderi»ni beriş böyiça arizasi esa qanoatlantirilmaganligidan noroziligini bildirib, uşbu vaziyatni hal qilinişida kömak söragan.

Bolalar ombudsmani söroviga asosan içki işlar organlari tomonidan holat örganildi hamda 31 yanvar kuni murojaatçi D.R.ning öziga va ikki nafar qiziga himoya orderlari rasmiylaştirildi.

Ayolning turmuş örtoği harakatlariga huquqiy baho beriş masalasini örganiş bilan birgalikda, u himoya orderi doirasidagi taqiqlar va ularni buzişning huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirildi.

Bolalar ombudsmani mazkur holat böyiça öz kuzatuvini davom ettirişi aytilgan.