Farğona viloyati hokimining Farğona şahri markazidagi «Yoşlar köli» hududini mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda köp qavatli turar joy binolarini quriş uçun 24 kunlik firmaga doimiy foydalaniş huquqi bilan biriktirib beriş haqidagi qarori bekor qilindi.
Xayrullo Bozorov 7 mart kuni öz qarorini bekor qiliş haqida qaror qabul qildi.
Hujjatda keltirilişiça, Farğona şahri markazidagi «Yoşlar köli» biriktirib berilgan «Unays building» MÇJ 4 mart kuni hokimlikka xat bilan murojaat qilib, çet ellik investorlar tomonidan moliyalaştiriş öz vaqtida amalga oşirilmayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Kun.uz oldinroq Xayrullo Bozorovning qaroriga köra Farğona şahri markazidagi «Yoşlar köli» mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda köp qavatli turar joy binolari quriş uçun taşkil etilganiga 24 kun bölgan Unays building MÇJga doimiy foydalaniş huquqi asosida biriktirib berilgani yuzasidan suriştiruv e’lon qilgandi.
Suriştiruvdan söng Farğona viloyati hokimining qarori ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab böldi hamda faollar «Yoşlar köli» farğonaliklarga qaytarilişi kerakligi haqida yozişdi.
Mazkur holatdan söng Davaktiv agentligi tomonidan örganiş ötkazilib, «Yoşlar köli»ning doimiy foydalaniş huquqi asosida biriktirib berilişida bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi hamda köl Sport vazirligiga qaytarilişini ma’lum qildi.












